Milliy istiqlol


Jumladan, paydo bo‘lish tarixi bizning o‘lkamiz bilan


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/156
Sana16.11.2021
Hajmi1.76 Mb.
#175343
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   156
Bog'liq
milliy istiqlol goyasi 8 uzb

Jumladan, paydo bo‘lish tarixi bizning o‘lkamiz bilan
bog‘liq bo‘lgan zardushtiylik ta’limoti va uning asosiy kitobi
«Avåsto»da dunyoning moddiy asosi hisoblangan tuproq,
suv, havo muqaddaslashtirilgan, olovga esa sajda qilingan.
Havoni, suvni bulg‘ash, hayvonlarninggina emas, odamlarning
ham jasadini yårga ko‘mish, suvga oqizish, o‘tda yoqish gunoh
hisoblangan. Marhumlar jasadi yårni, suvni, havoni ifloslantir-
masligi uchun ularni maxsus sopol idishlarda ko‘mish tashkil
etilgan.
Undan kåyingi davrlarda ham xalqimizning ona tabiatga
bo‘lgan måhri ortsa ortganki, aslo kamaygan emas. Masalan,
hovli-joyni, ariq-hovuzlarni, quduq va sardobalarni doimiy toza
saqlash, gul va nihollarni parvarishlab o‘stirish, tevarak-atrofni
ko‘kalamzorlashtirish, bir gul uzganda o‘rniga o‘n gul o‘tqazish
singari ishlar – hayotning oddiy talabi, hamma tomonidan
bajariladigan qoidasi bo‘lgan. Yuksak dåhqonchilik madaniyatiga
ega bo‘lgan ajdodlarimiz qishloq xo‘jaligida suvni tåjab-tårgab
!


89
ishlatishning, yår hosildorligini saqlash va ko‘paytirish maqsadida
ekinlarni almashlab ekishning, yårni faqat tabiiy o‘g‘itlar bilan
oziqlantirishning samarali usullarini o‘ylab topganlar.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling