Milliy istiqlol
Ochig‘ini aytganda, shunday munosabatni – sabr-
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
milliy istiqlol goyasi 8 uzb
Ochig‘ini aytganda, shunday munosabatni – sabr-
qanoatni ko‘rgan ota-onangizning sizga nisbatan måhri yanada ortadi, ular iloji boricha tåzroq so‘rovingizni bajo etishga harakat qiladilar. Ko‘ryapsizki, bizning sabr-u bardoshimiz ham oilaviy muhit- ning sog‘lomlashishiga, o‘zaro munosabatlardagi iliqlikning kuchayishiga sabab bo‘ladi. Ona xalqimiz båkorga: Sabr qilsang g‘o‘radan holva bitar, Båsabrlar o‘z oyog‘idan yitar, – 76 dåmagan. Chunki odamda sabr-u toqat, qanoat bo‘lmasa, u ochko‘z, mol-dunyoga to‘ymaydigan, boylik va davlatga mukkasi- dan kåtgan odam qiyofasiga kiradi. Bu esa kishini qarindosh- urug‘lardan, do‘st-u birodarlardan, oxir-oqibat jamiyatdan ajralib qolishiga olib kåladi. O‘tmishga nazar soladigan bo‘lsak, odamzot boshiga tushgan juda ko‘p dahshatli ko‘rgiliklar, urushlar, talon- torojlarning zamirida aynan mana shu salbiy jihatlar turganiga guvoh bo‘lamiz. Maktabdagi tarix darsida juda ko‘plab urushlar haqida hikoya- lar o‘qimoqdasiz. E’tibor båring, nå-nå saltanatlar, davlat tuzil- malari bir hovuch kimsalarning sabrsizligi, ochko‘zligi, noshukr- ligi oqibatida tanazzulga yuz tutgan. Xuddi shu sabrsizlik ofati o‘g‘ilning otasiga, ukaning akasiga qarshi jang boshlab, minglab bågunoh odamlarning umriga zomin bo‘lishiga sabab bo‘lmaganmi? Ota-bobolarimizning qanchalar måhrli, muruvvatli bo‘lgani to‘g‘risida ham tarix darslarida ko‘plab ibratli hikoyalarni o‘qi- gansiz. Hozir esa shuni yodingizga solamizki, måhr ham, muruv- vat ham birovga ko‘z-ko‘z etish maqsadida qilinmaydi. Xalqimiz: «O‘ng qo‘ling bårganini chap qo‘ling bilmasin», – dåydi. Bu boshqalarga qiladigan har bir yaxshiligimiz båminnat, xolisona bo‘lishi lozim, deganidir. Shundagina qilingan yaxshilikning bara- kasi bo‘ladi, u savob olib kåladi. Yana bir jihat – bizning xalqi- miz oriyatni nihoyatda qadrlaydi. Aksariyat odamlar har qancha qiynalmasin, birovga bildirmaslikka, dardini oshkor qilmaslikka odatlangan. Shunday ekan, bu odamlarga qilinadigan ko‘mak, yaxshilik ham ovoza qilinmasligi, håch kimni xijolatga solmasligi lozim. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling