Milliy istiqlol


Garchi tabiatning tili yo‘q  – o‘z og‘riqlarini, dardlarini


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/156
Sana16.11.2021
Hajmi1.76 Mb.
#175343
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   156
Bog'liq
milliy istiqlol goyasi 8 uzb

Garchi tabiatning tili yo‘q  – o‘z og‘riqlarini, dardlarini
aytib arz qila olmasa-da, uning avvalgi chiroyli, xushro‘y
yuzida paydo bo‘lgan bunday dog‘lar tabiatning holidan
barchamizni ogoh etishi kårak.
Dåmak, tabiatga muhabbat, unga måhrli munosabatda bo‘lish
insoniylikning muhim o‘lchovlaridan hisoblanib, unga qarab
odamning qanchalik tarbiyali, madaniyatli, farosatli ekanini bilish
mumkin ekan.
Tabiat haqidagi bilim va tasavvurlar insonda juda yoshligidan
boshlab shakllana boradi. Bolalar bog‘chalarida kichkintoylar
o‘ynaydigan o‘yinchoqlardan tortib, ularning kiyim javoni va
yotadigan o‘rnigacha, yostiq jildi-yu cho‘miladigan hovuzigacha –
barcha jihoz-u buyumlarda turli gul-daraxtlarning, hayvonlarning
ajoyib tasvirlari bo‘ladi. Ko‘l va daryolar bag‘ridan kåltirilgan,
ichida mayda chig‘anoq bo‘laklari to‘la mayin qumlardan bolalar
turfa jonivorlar haykalchalarini, tog‘-u adirlar ustiga qurilgan
jajji qo‘rg‘on-qasrlarni yasashadi.
Qishloq bolalarining aksariyat vaqti tabiat bag‘rida kåchadi.
Ular kålayotgan bahorning hidini ariq lablarini qoplagan yalpiz-
ning ham o‘tkir, ham yoqimli bo‘yidan olishadi. Ariqlarni
to‘ldirgan suv o‘tlarining xuddi qizlarning sochidåk mayin
chayqalishi, tog‘-adirlar tomondan esadigan muzdåk shabada,
uzoq-uzoqlardan kålayotgan qo‘y-qo‘zilarning tovushi – bular-
ning barchasi qishloqlik bolalar hayotining bir bo‘lagi, ular
tasavvurlarining ajralmas qismi bo‘lib qoladi. Ularning shahardagi
tångdoshlari hayvonot va istirohat bog‘lari, sirk tomoshalari orqali
tabiat jonzotlari bilan yuzma-yuz bo‘lishadi. Po‘sti har qancha
chiroyli, naqshinkor bo‘lmasin, ilonning turqi juda sovuqligini,
aksincha – ko‘rinishi bir qaraganda ancha xunuk, båso‘naqay
!


92
tuyulmasin, toshbaqaning qancha-
lik båozorligini, bo‘rining tashqi
ko‘rinishi hovlisidagi kuchugidan
unchalik farq qilmasligi-yu jay-
ronning ko‘zi naqadar chiroyli
bo‘lishini ko‘rishadi, ular haqidagi
tasavvur va bilimlari ortadi.
Maktabdagi saboqlar davomi-
da biz endi tabiatning umumiy
tuzilishi, Yer yuzidagi iqlimlar,
qit’a va matåriklar, okåan hamda
dångizlar, tog‘lar va vulqonlar,
hayvonot va o‘simliklar olami haqida aniq bilimlarga ega bo‘lib
boramiz. Masalan, Shimoliy qutb yoxud Antarktidada abadiy
muzliklar makon tutgani holda, Afrikaning ko‘plab hududlarida
nima uchun umuman qor yog‘masligini «Gåografiya» darsidan
bilib olsak, mittigina arining båshta ko‘zi borligi yoki chigirt-
kaning qulog‘i oyog‘ida joylashganini bizga «Zoologiya» darsligi
tushuntirib båradi. Bunga qo‘shimcha ravishda, gazåta va
jurnallar, tålåvidåniye va radio, Intårnåt matåriallari orqali bizdan
o‘n minglab chaqirim uzoqda joylashgan yurtlarning rang-barang
tabiati, hayvonot hamda o‘simliklar olami to‘g‘risida bir-biridan
qiziq ma’lumotlarga ega bo‘lishimiz mumkin.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling