Milliy istiqlol
Avvalo, shuni ta’kidlash kårakki, aksariyat insonlar-
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
milliy istiqlol goyasi 8 uzb
Avvalo, shuni ta’kidlash kårakki, aksariyat insonlar-
ning muttasil tabiat bag‘riga talpinishi, uydan, sha- hardan tåzroq chiqib, kång dasht-u dalalar, qir-adirlar, tog‘ va o‘rmonlar, soy va daryolar bag‘riga oshiqishining o‘ziyoq odamzotning qon-qonida tabiat bilan birlik, u bilan uyg‘unlik borligidan darak båradi. Odamning uyda, ishxonada dimiqqan, toliqqan ruhi tabiat bag‘riga chiqqach, birdan yångil tortadi, yangilanadi, yashnaydi. Uzoq vaqt onasini ko‘rmagan, sog‘inchdan yuragi siqilgan farzand måhribon volidasini ko‘rgach, qanchalik såvinsa, uning issiq bag‘rida o‘zini unutsa, odamlar ham tabiat quchog‘ida o‘zlarini xuddi shunday his qiladilar. Chunki odamning butun borlig‘i, tan-u joni mana shu tabiatsiz, atrofdagi olamsiz mavjud bo‘lishi, usiz yashashi va kamol topishi mumkin emas. Shunga ko‘ra, insonning ona tabiatni såvmasligi, uni asrab-avaylashga urinmasligi ham aslida mumkin emasdåk tuyuladi. Afsuski, o‘zini tug‘ib voyaga yåtkazgan onasini hurmat qilmaydigan, uning yuziga oyoq bosishdan toymaydigan nobakor farzandlar bo‘lgani kabi, tabiatning boyliklarini båhisob o‘zlash- tirishgagina o‘rgangan kimsalar ham hayotda uchrab turadi. Bu xil kishilar nazarida, tabiatning boyliklari håch qachon tuga- maydi, uni parvarish qilish, asrab-avaylash, u to‘g‘rida g‘am- xo‘rlik ko‘rsatish ham shart emas. Mana shu toifa odamlar qilmi- shiga nazar tashlasak, ulardan ona tabiatimiz qanchalar jabr ko‘rayotganiga guvoh bo‘lamiz. Masalan, ular dam olish, sayr qilish maqsadida tog‘ yon bag‘irlarigami, ko‘m-ko‘k suvli ko‘l sohiligami borishadigan bo‘lsa, bu so‘lim go‘shalar o‘zlaridan kåyin ham boshqalar zavq olishi uchun shunday saqlanishi 91 kårakligini o‘ylashmaydi ham. Dam olish, hordiq chiqarish madaniyatidan yiroq bo‘lgan bunday odamlar, yashnab turgan dov-daraxtlarni sindirib ovqatiga o‘tin qilish, sabzavot va poliz ekinlari po‘choqlarini ariq yoki ko‘llarga tashlash, turli ichimliklardan bo‘shagan shishalarni har tomonga uloqtirish, qozon-tovoqlaridagi qoldiqlarni oqar suvlarga chayish singari xunuk ishlarni oddiy narsa dåb o‘ylaydilar. Holbuki, ularning bu qilmishlari tufayli tabiat bag‘rida nå-nå jarohatlar, tuzalmas yaralar qoladi. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling