Milliy istiqlol


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/156
Sana16.11.2021
Hajmi1.76 Mb.
#175343
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   156
Bog'liq
milliy istiqlol goyasi 8 uzb

!

Islom Karimov. Yoshlarimiz – xalqimizning ishonchi va tayanchi. –T.:
«Ma’naviyat» nashriyoti, 2006-yil, 54-båt.


88
qushlarning inini buzsak, ariqlarga axlat ag‘darsak... bularning
hammasi bizga onadek mehribon bo‘lgan tabiatga nisbatan
hurmatsizlik, uning ne’matlarini qadrlamaslik bo‘ladi.
«Ekologik madaniyat» dågan tushuncha zamirida ayni shu
haqiqatni anglash, tabiat va jamiyat qonunlariga mos tarzda
hayot kåchirish talablari mujassamdir. Ekologik madaniyat ham
umuminsoniy madaniyatning ajralmas qismi, uning muhim
ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Ekologiya yunoncha so‘z bo‘lib, «oikos» – uy va «logos» –
fan so‘zlari qo‘shilmasidan yasalgan, ya’ni ekologiya –
«tabiat uyi» bo‘lmish borliqdagi mavjudotlarning yashash
sharoiti va ularning o‘zlari yashab turgan muhit bilan o‘zaro
munosabatlarini o‘rganadigan fan.
Garchi «ekologik madaniyat» iborasi kåyingi davrlarda urfga
kirgan bo‘lsa-da, odamzot juda qadim zamonlardan boshlab ta-
biatni asrash, unga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish ko‘nikma-
sini egallab borgan. Agar qadimiy diniy qarashlar tarixiga nazar
tashlasak, ularda tabiat unsurlarining, hayvon va boshqa jonivor-
larning muqaddaslashtirilgani, hatto ularga sig‘inilganiga guvoh
bo‘lamiz.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling