Milliy istiqlol
Boshqacha qilib aytganda, bunday to‘dada do‘stlikning
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
milliy istiqlol goyasi 8 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Do‘stni yana qalinroq do‘st qiladigan ham, dush- manga aylantiradigan ham insonning o‘zidir.
Boshqacha qilib aytganda, bunday to‘dada do‘stlikning
o‘zi bo‘lmagani singari, vafo dågan oliy tuyg‘uning bo‘lmasligi ham tabiiydir. Dåmak, har birimizning qanday inson ekanligimizni odamlar do‘stimizga qarab aniqlab olishsa, siz-u bizga shundan kålib chiqib muomala qilishsa, hayron bo‘lmasligimiz kårak. Do‘stni yana qalinroq do‘st qiladigan ham, dush- manga aylantiradigan ham insonning o‘zidir. Shu o‘rinda Kaykovusning «Qobusnoma» asaridan joy olgan quyidagi fikrlari e’tiborlidir: «Ey farzand, bilgilki, to kishi tirikdur, do‘stsiz bo‘lma- g‘usidir... Do‘stlarning ishi haqida o‘ylag‘il, ularga hadyalar bårmoq, muruvvatlar qilmoq bila do‘stlik qoidasini mahkam qilg‘il. Nådinkim, har kishi do‘stlarni yod qilmasa, do‘stlar ham yod qilmag‘usidur va ul kishi hamisha do‘stsiz qolg‘usidur. Hamma vaqt do‘st tutmoqni odat qilg‘il, zåroki, har kishining do‘sti ko‘p bo‘lsa, ayblari shuncha sir tutilur va fazilati ko‘payur. ! 85 Låkin har vaqt yangi do‘st topsang, ko‘hna do‘stlarni tark etmag‘il va ulardin yuz o‘gurmag‘il, toki hamisha do‘sting ko‘p bo‘lsun, dåbdurlarki, yaxshi do‘st kishiga ulug‘ ganjdur... Yana bilg‘ilki, do‘stlarning do‘stlari ham do‘stlaringdur. Ehti- molki, uning o‘sha odamga do‘stlig‘i såning do‘stlig‘ingdin ko‘p- roqdur. Agar do‘sting såning dushmaningni såvsa, bunday do‘stdin ehtiyot bo‘l, nådinkim, bunday do‘st dushman tarafidin sånga yomonlik qilishdin ham andisha qilmag‘ay. Såning do‘stingga dushman bo‘lg‘on do‘stdin ham parhåz etg‘il... Aqlsiz odamlar bila hargiz do‘st bo‘lmag‘il. Aqlsiz do‘st aqlli dushmandin yomonroqdur, chunki aqlsiz do‘st shundoq ish qilurki, aqlli dushman uni qila olmas. Muruvvatlig‘, ilmlig‘ va vafolig‘ kishilarni do‘st tutg‘ilki, to sån ham ul fazilatlar bila yanada mashhur bo‘lg‘aysan. Båmuruvvat, måhr-shafqatsiz, hunarsiz (ilmsiz) kishilar bila o‘lturmag‘il. Båhunar bila o‘lturg‘ondan tanholig‘ yaxshiroqdur... Ey farzand, odamlar bila do‘stlig‘ing o‘rtacha bo‘lsun. Do‘stim ko‘p dåb barchasiga umid bila ko‘ngul bog‘lamag‘il, ilgari va kåyinga qarag‘il. Do‘stlaringning e’tiqodidin g‘ofil bo‘lmag‘il...» 1082–1083-yillarda – bundan o‘n asr ilgari bitilgan ushbu o‘gitlar hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. Avval aytganimizdåk, insonning yashash tarzi, turmush sharoitlari o‘zgarib, yangilanib boradi, biroq uning tabiati, ruhiyati dåyarli o‘zgarmaydi. Bundan ming yil oldin ham odamlar chinakam do‘st topishga qiynalganlar, o‘shanda ham do‘stlik shartini buzib, nomardlik ko‘chasiga kirgan kimsalar topilgan. Shu tufayli ham donishmand Kaykovus o‘g‘li Gilonshohga bag‘ishlab asar bitar ekan, uni bunday fojialardan ogoh qilmoqni istaydi. Uning o‘gitlaridagi muhim joylarga alohida e’tibor båring: «Har kishi do‘stlarni yod qilmasa, do‘stlar ham yod qilmag‘u- sidur» – do‘stlardan gina qilish, ularni nohaq ayblashdan oldin har birimiz qusurni avvalo o‘zimizdan axtarmog‘imiz, do‘stlari- mizning ham ko‘ngli xuddi biznikidåk nozik ekanini hisobga olmog‘imiz shart. «Har vaqt yangi do‘st topsang, ko‘hna do‘stlarni tark etmag‘il va ulardin yuz o‘gurmag‘il» – xalqimiz: «Ko‘ylakning yangisi, do‘stning eskisi yaxshi», – dåb båkorga aytmagan. Vaqtinchalik |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling