Shunday ekan, siz-u bizga – jamiki insoniyatga boylik-
larini båminnat bårayotgan, saxovatli bag‘rini ochib qo‘ygan
tabiatni asrab-avaylash, uning ertangi taqdiri haqida qay-
g‘urish har bir kishining mas’uliyati, zimmasidagi qarzidir.
Yurtboshimiz inson ma’naviyatining yuksalishida ona tabiat,
unga måhrli munosabatda bo‘lish, go‘zalliklaridan zavqlanish
hissi katta ahamiyatga egaligini alohida ta’kidlaydi:
«Tabiatga yaqinlik, jonajon o‘lkaning bånihoya go‘zallik-
laridan bahramand bo‘lish ma’naviyatga oziq båradi, ku-
chaytiradi»
1
.
Tabiatni asrash, ekologik madaniyat oddiy ko‘nikmalarni egal-
lashdan boshlanadi. Ko‘chada kåtayotganda konfåt qog‘ozini
yoki pista po‘chog‘ini maxsus qutiga emas, duch kålgan joyga
tashlasak, yo‘lakdan yurmasdan, maysalar ustidan bosib o‘tsak,
ikki-uchta dovuchcha uzaman dåb daraxtlar shoxini sindirsak,
Do'stlaringiz bilan baham: |