O'zbekistonda atmosferaning ifloslanishi
Download 44.51 Kb.
|
O\'zbekistonda atmosferaning ifloslanishi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Atmosferaning tuzilishi va asosiy xususiyatlari
O'zbekistonda atmosferaning ifloslanishi O'zbekistonda atmosferaning ifloslanishi Reja: 1. Atmosferaning tuzilishi va asosiy xususiyatlari 2. O‘zbekistonda atmosferaning ifloslanishi 3. Atmosfera havosi ifloslanishining xarakteristikasi. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar KIRISh Havoning ifloslanishi tiriklik, insoniyatning hayoti va istiqboli uchun o‘ta xavfli ekanligini donishmand bobokalonlarimiz bashorat qilib o‘tganlar.Ularning fikricha, ifloslangan havodan nafas oladigan inson, hayvonot va o‘simliklar olami bora-bora nobud bo‘ladi, yashay olmasdan qirilib ketadi. Havoning ifloslanishi kelib chiqadigan jamiki kasalliklarning manbaidir. Atmosfera havosi tabiiy resurslarning tarkibiy qismi bo‘lib, u umummilliy boylik hisoblanadi va davlat tomonidan muhofaza qilinadi.(O‘zbekiston Respublikasi “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi” Qonun,1 modda.) Hozirgi davrda mazkur masala yanada jiddiy ahamiyat kasb etib, jamiyatning eng birinchi o‘rinda hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalari qatoridan joy oldi. Insoniyat o‘zining ko‘p ming yillik haѐtiy tajribalari jarayonida sof havo, toza suv va shifobaxsh tabiatning inson salomatligi uchun nihoyatda zarur ekanligini payqab, sinab kelganlar hamda o‘zlarining turli hikmatli so‘zlari, maqollari va fikrlari bilan yosh avlodga o‘qtirib kelganlar. Mustaqil jamiyatda yashovchi fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i uchun qulay atmosfera havosiga ega bo‘lish, uning ifloslanishiga, kamayishiga hamda fizikaviy omillarning zararli ta'sir etishiga olib keluvchi hatti- harakatlarni qilmasliklari zarurdir. 1. Atmosferaning tuzilishi va asosiy xususiyatlari Atmosfera yer sharining havo qobig‘i bo‘lib, biosferada hayot mavjudligini taminlovchi asosiy manbalardan biridir. Atmosfera barcha jonzotlarni zararli kosmik nurlardan himoya qilib turadi, sayѐra yuzasidagi issiqlikni saqlaydi. Agar havo qobig‘i bo‘lmaganida yer yuzasida kunduzi +1000S va kechqurun-1000S harorat kuzatilgan bo‘lar edi. Atmosferaning yuqori chegarasi taxminan 2000 km balandlikdan o‘tadi. Atmosfera bir necha qatlamlardan iborat bo‘lib, uning asosiy massasi(90%) 10-16 km balandlikkacha bo‘lgan quyi troposfera qismida joylashgan. Troposferada har 100 metrga ko‘tarilganda havo harorati 0,60S ga kamayadi va + dan –500 S gacha pasayadi. Ob-havo va iqlim asosan troposferadagi jarayonlar bilan bog‘liq. Atmosferaning shu qatlamida barcha yog‘inlar va bulutlar hosil bo‘ladi, bo‘ronlar yuz beradi. Troposfera ustida 40-50 km. gacha balandlikda stratosfera joylashgan va unda harorat pasayib boradi. Stratosferada 22-24 km oraliqda Yerdagi tirik organizmlarni ximoya qiladigan, ulьtrabinafsha nurlanishning katta qismini yutib qoladigan ozon(03) qatlami joylashgan. Ozon gazi yig‘ilganda yupqa, 2-4 mm qatlamni hosil qiladi, lekin himoya ahamiyati juda ham katta. Download 44.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling