Milliy istiqlol
«Do‘stlik» tushunchasi kång qamrovlidir, ya’ni u
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
milliy istiqlol goyasi 8 uzb
«Do‘stlik» tushunchasi kång qamrovlidir, ya’ni u
faqat ikki inson o‘rtasidagi munosabatlarnigina emas, millatlar, xalqlar, mamlakatlararo aloqalardagi iliqlikni, o‘zaro ishonchlilikni ifoda etishda ham qo‘llanadi. Davlatlararo, millatlararo do‘stlik an’analari dunyoda tinchlik- ning barqaror bo‘lishi, mamlakatlar o‘rtasidagi ishonchli hamkor- likning rivojlanishi uchun zamin yaratadi. Albatta, insoniyat o‘z tarixida xalqlarni bir-biriga qarshi qay- rovchi, millatchilik, buyuk davlatchilik singari zararli g‘oyalarni targ‘ib etuvchi yovuz kuchlarni ham ko‘p ko‘rgan. Jumladan, Ikkinchi jahon urushini boshlagan fashizmning tub mohiyatida bir millatni boshqa barcha xalqlardan ustun qo‘yish g‘oyasi yotar edi. «Oliy irq» g‘oyasini ilgari surgan fashistlar dunyodagi juda ko‘p millatlarni «ikkinchi-uchinchi navli» xalqlar dåb kamsitish, ularning boyliklarini talab, madaniyatini vayron qilishni bosh maqsad etib bålgilagan edi. Ular xalqlar o‘rtasida dushmanlik kayfiyatini yoyish evaziga misli ko‘rilmagan xunråzliklarni amalga oshirdi. Ayrim millatlarni ommaviy ravishda qirib tashlash fashistlar uchun oddiy mashg‘ulotga aylangan edi. O‘nlab konslagårlarda millionlab bågunoh kishilarni tiriklayin yoqib yuborgan ham aynan fashistlardir. Insoniyat bu baloni daf qilmoq uchun qariyb båsh yil urush olovini kåchishga majbur bo‘ldi. Afsuski, bugungi kunda ham dunyoning turli hududlarida millat va elatlarni, turli din vakillarini bir-biriga qarama-qarshi qo‘ymoqchi bo‘layotgan kuchlar topilib turibdi. Millatlararo, mamlakatlararo munosabatlarni buzmoqqa urinayotgan bu yovuz guruhlarning maqsadi ma’lum, albatta. Xalqlar taqdirini o‘zi bilganicha hal etish huquqini qo‘lga kiritish, boshqa mamla- 83 katlarning yårosti va yårusti boyliklariga båmalol egalik qilish, oxir-oqibatda yår yuzida yangi ko‘rinishdagi quldorlik tuzumini yaratish bu kuchlarning pirovard maqsadidir. Shu tufayli ham siz hozirdan boshlab odamlar o‘rtasida dushmanlik kayfiyatini uyg‘otmoqchi bo‘lgan yovuz niyatli kuchlardan ogoh bo‘lishingiz, qaysi millat, qaysi mamlakat farzandi bo‘lmasin, yaxshi niyatli kishilarga nisbatan bag‘rikånglik munosabatida bo‘lishingiz talab etiladi. Shundagina ona yurtimizning do‘stlari safi kengayib, uning dushmanlari hushyor tortishadi. Do‘stlikning muhim shartlaridan biri vafodir. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling