Milliy istiqlol


Hayotda haqiqiy do‘stlar bilan bir qatorda soxta do‘stlar


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/156
Sana16.11.2021
Hajmi1.76 Mb.
#175343
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   156
Bog'liq
milliy istiqlol goyasi 8 uzb

Hayotda haqiqiy do‘stlar bilan bir qatorda soxta do‘stlar
ham uchrab turadi. Ular shaxsiy manfaat yuzasidan, ma’-
1
Qo‘l sermash – qo‘l siltash
!


80
lum bir maqsadni ko‘zlab, o‘zlarini do‘st qilib ko‘rsatishga
harakat qiladilar, ya’ni hayot sahnasida mahoratli artist
bo‘ladilar.
Bunday odamlar amaldorlar bilan mansab kursisi uchun yoki
o‘ziga to‘q odamlarning moddiy boyligi uchun yoki bo‘lmasa
aqlli, qobiliyatli odamlar bilan esa uning aqliy salohiyatidan
foydalanish uchun do‘st bo‘ladilar. Soxta do‘stning har bir so‘zi
o‘z maqsadini ko‘zlab aytiladi. U mug‘ombir, ayyor, ikkiyuzla-
machi, kishining sirini hammaga yoyuvchidir. U sizning xursand-
chilik kunlaringizda zarpåchakdåk o‘ralib, sizdan ajralmaydi,
boshingizga ish tushganida esa birdan g‘oyib bo‘ladi. Do‘st dåb
ishonib aytgan sirlaringizni dushmanlaringizga oshkor qilib, endi
ularga «do‘stligi»ni namoyish qiladi. Shu bois ham soxta do‘st
o‘ta xavfli va dushmandan ham qo‘rqinchlidir. Chunki inson
o‘z dushmanini bilgach, uning har bir xatti-harakatidan ehtiyot
bo‘ladi, o‘zini ma’lum uzoqlikda saqlab yuradi. Noqobil do‘stdan
esa, uni do‘st dåb ishongani uchun, håch narsani yashirmaydi,
ichki sir-asrorini ham u bilan baham ko‘radi.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling