Milliy istiqlol


Xalqimizning «Galga solgan do‘st emas», «Dasturxon-


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/156
Sana16.11.2021
Hajmi1.76 Mb.
#175343
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   156
Bog'liq
milliy istiqlol goyasi 8 uzb

Xalqimizning «Galga solgan do‘st emas», «Dasturxon-
ga boqqan do‘st emas», «Jon do‘sting jonidan kåchsa
ham, mol do‘sting molidan kåchmas», «Aqlsiz dushman-
dan bir saqlan, aqlsiz do‘stdan ming saqlan» kabi naql-
larida do‘stning nodonligi, ikkiyuzlamachiligi, xiyonatkor-
ligi dushman tig‘idan ham o‘tkir, xavfli ekanligiga ishora
bor.
Shu tufayli inson uchun haqiqiy do‘st kim, dushman kimli-
gini bilish juda muhimdir. Do‘stning chinakam yoki soxtaligi,
ayniqsa, inson boshiga og‘ir kunlar tushganda yaqqol bilinadi.
Chunki xursandchilik kunlarda hamma birdek yoningizga kåladi,
shod-u xurramligingizni baham ko‘radi. Qayg‘uli, og‘ir kunlarda
esa haqiqiy do‘stlargina g‘am-tashvishlaringizni birga ko‘taradi,
ko‘makdosh – tirgak bo‘ladi.
Shu o‘rinda bir hikoyani yodingizga solmoqchimiz. 5-sinfda
«Adabiyot» darsida o‘qiganingiz taniqli gruzin yozuvchisi Nodar
Dumbadzåning «Hållados» nomli asari esingizdan chiqmagandir.
Uning qahramonlari, sizning tångdoshlaringiz – Jamol va
Yanguli qanday qilib ajralmas do‘stga aylangan edi? Bu ikki


81
shovvoz avval dahanaki jang qi-
lishgan bo‘lsa, kåyin rostakamiga
mushtlashishgacha borib yåti-
shadi. Bir-birlarini obdon sinab
bilganlaridan kåyingina ular o‘r-
tasida endi håch kim buza ol-
maydigan mustahkam do‘stlik
rishtasi ulanadi. Bu ikkovlon,
garchi håch qachon ko‘rmagan
bo‘lsalar-da, bir-birlarining vafot
etib kåtgan onalari xotirasini
ham hurmat qilishadi. E’tibor
båring: dåmak, chinakam do‘st faqat sizning o‘zingizgagina emas,
butun oila a’zolaringizga ham do‘stlik, måhr-shafqat ko‘zi bilan
qarar ekan-da.
Uzoq yillar yonma-yon yashash, birga o‘qish, måhnat qilish,
boshga biron tashvish tushganida hamdard, hamfikr bo‘lish,
safarga chiqish va boshqa hollarda odamlar do‘stlashib qoladilar.
Do‘st tutinish juda mas’uliyatli ish bo‘lib, uni pokiza saqlash,
avaylab-asrash oson kåchmaydi. Bizning soxta, vaqtinchalik
«do‘stlar» to‘g‘risidagi fikrlarimiz sizga ham birdåk tågishli
ekanini unutmasangiz bas. Chunki siz ham insonsiz – o‘zingiz-
ning kuchli va ojiz tomonlaringiz bor. Hayotda shunday
vaziyatlar uchraydiki, ojizligingiz pand bårib qo‘yishi, siz ham
do‘stingizni ranjitib qo‘yishingiz mumkin.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling