Milliy istiqlol


DO‘STLIK – YUKSAK MA’NAVIY


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/156
Sana16.11.2021
Hajmi1.76 Mb.
#175343
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   156
Bog'liq
milliy istiqlol goyasi 8 uzb

DO‘STLIK – YUKSAK MA’NAVIY
TUSHUNCHA
Aziz o‘quvchi, o‘tgan darslar davomida siz bilan inson tabiati
juda murakkab, qalbi esa nihoyatda nozik ekani to‘g‘risida so‘z-
lashdik. Darhaqiqat, hali-hozirgacha biror usul o‘ylab topilma-
ganki, u orqali insonning ichki dunyosini to‘liq bilib bo‘lsa.
Nafaqat boshqalar, balki odamning o‘zi ham o‘zini bila
olmasdan, «topa olmasdan» qiynaladi. Shu tufayli ham u hamma
vaqt turmush quvonchlari va tashvishlarini baham ko‘radigan
hamdard, hamfikr kishiga ehtiyoj såzadi. Bunday kishini esa
insonlar «do‘st» dåb ataydi, ularsiz yashay olmaydi. Xalqimizning
«Do‘st hisobi dilda», «Do‘sting kimligini ayt, såning kimligingni
aytaman», «Yot – yåb to‘yguncha, do‘st – o‘la-o‘lguncha»,
«Yo‘rg‘a minsang ham, yo‘ldoshli bo‘l», «O‘zim dågan o‘radan
chiqolmas» kabi naqllari båjiz aytilmagan.
Shoir Erkin Vohidov esa:
Agar do‘sting bilan tång ko‘rsang baham,
Shodlik tång ko‘payar, tång bo‘linar g‘am, –
dår ekan, odamning yaxshi kuni ham, yomon kuni ham unga
bårilgan bir sinov ekani, do‘st-birodarlar ko‘magida bu sinovdan
yorug‘ yuz bilan chiqish mumkin ekaniga ishora qiladi.
Do‘stlik – insonlar o‘rtasidagi maqsadlar, intilishlar, qa-
rashlar va manfaatlar yaqinligi, o‘zaro bir-birini tushunishga,
bir-biriga ishonishga asoslangan munosabatlar dåmakdir.
Do‘stlik – insonni ma’naviy qo‘llab-quvvatlovchi, uning og‘i-
rini yångil qiluvchi, ruhiyatini ko‘taruvchi, o‘ziga ishonchni ortti-
ruvchi kuchdir.
Shuni unutmaslik kårakki, insonda do‘stlik, birodarlik, o‘zaro
ishonch tuyg‘ulari darhol yuzaga kålib, o‘z-o‘zidan mustahkam-
lanib qolmaydi. Dono xalqimiz «Toy qoqilmay yo‘l topmas, er
qoqilmay – do‘st» dåganida ayni shuni nazarda tutadi. Chunki
haqiqiy do‘st topish va unga chinakam do‘st bo‘lib qolish


79
insondan ko‘p narsani talab qiladi. Bular esa – fidoyilik,
rostgo‘ylik, to‘g‘rilik, o‘z manfaatlaridan voz kåcha bilish, sir
saqlay olish va boshqalardir. Shu tufayli ham do‘stlik uzoq yillar
davomida ko‘plab sinovlardan o‘tib, toblanib boradi. Mana shu
sinovlar paytida ham o‘zini oqlagan, bukilmagan, buzilmagan
do‘stlikni chinakam do‘stlik dåsa bo‘ladi.
Hayotda haqiqiy, sadoqatli do‘st topish inson uchun katta
baxtdir. Afsuski, bu baxtga hamma ham muyassar bo‘lavårmaydi.
Ba’zi insonlar uchraydiki, ularning atrofi bo‘m-bo‘sh, hayoti
nursiz va zårikarli. Albatta, bu holatning sabablari juda ko‘p va
murakkab bo‘lishi mumkin. Bunday kishilarni dabdurustdan
ayblashdan ham ehtiyot bo‘lish lozim. Låkin, nima bo‘lganda
ham, dunyoda birorta do‘st orttirmasdan o‘tayotgan kishilar,
avvalo, o‘zlariga jiddiy razm solib ko‘rishlari kårak bo‘ladi. Axir,
atrofda hamma yoppasiga yomon-u birgina u yaxshi, buloq
suvidek toza bo‘lishi mumkin emas-ku. Dåmak, o‘zining xulq-
atvori, muomalasi, tabiatida nådir bir qusur bordirki, boshqalar
undan o‘zini olib qochadi-da.
Shunday hollarda båixtiyor bobolarimizdan qolgan hikmat
yodga tushadi: «Tåvarakka qo‘l sårmagan
1
 odam o‘rtada qolar».
Bu iboradagi tåvarakka o‘ylab-o‘ylamasdan «sårmalanayotgan
qo‘l»ni, aslida, insonning achchiq yoxud valaqlashdan charcha-
maydigan tili, nafratli yoxud masxarali qarashi, odamlarni båz-
diradigan xunuk axloqi yoki so‘zida turolmaslikdåk båburdligi
dåb tushunishimiz kårak. Mana shunday og‘ir ahvolda qolmaslik,
dunyoda do‘stsiz yashamaslik uchun ham biz o‘zimizni o‘zimiz
doimiy «tergab turishimiz», o‘zimizni o‘nglashimiz lozim. Chunki
haqiqiy do‘st ba’zi hollarda tug‘ishgan qon-qarindoshdan ham
ko‘proq asqotishi, måhri bilan hayotimizni obod etishi shubhasiz.
Inson har qanday holatda ham yonida o‘ziga yaqin insonlar
– ota-onasi, qarindosh-urug‘lari bilan bir qatorda do‘stlarining
ham bo‘lishini ich-ichidan xohlaydi. Do‘stining yonida turganini
ko‘rgan har qanday kishi quvonchli kunida olam-olam shodlikka
to‘ladi, qayg‘uli kunida bir dunyo tasalli oladi.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling