110
gilanib, boyib boradi. Shunday an’analar borki, ular o‘zining
ijobiy ta’siri, ko‘pchilikning ruhiy ehtiyojlariga mos tushishiga
ko‘ra
umrboqiylik kasb etib, xalqlarning ma’naviy qadriyati
darajasiga ko‘tariladi. Sharq xalqlarining ana shunday ma’naviy
boyliklaridan biri Navro‘zdir.
«Navro‘z» forscha so‘z bo‘lib, «yangi kun» dågan ma’noni
anglatadi. U dåhqonlar uchun ekin-tikin
ishlarining boshlanish
pallasiga to‘g‘ri kåladi. Buyuk mutafakkir bobomiz Alishår
Navoiy bu kunni shunday ta’riflaydi:
Vasl aro ko‘rdum, tång emish bo‘yi-yu sochi,
Tun-kun tång ekan, zohir o‘lur bo‘ldi chu Navro‘z.
Bu misralardan «Visolga erishgach, ko‘rdimki, mahbubamning
bo‘yi (kundåk oq vujudi) bilan uzun sochi (tundåk qora sochi)
Navro‘zdagi kåcha bilan kunduzdåk tång ekan», dågan ma’noni
anglaymiz.
Navro‘z juda qadimiy bayramdir. Bu holatni o‘tmish
allomalarimiz o‘z asarlarida asoslab bårganlar.
Jumladan, Abu
Rayhon Båruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar»,
Umar Xayyomning «Navro‘znoma», Abulqosim Firdavsiyning
«Shohnoma», Xoja Ali Tårmiziyning «Navro‘znoma», Alishår
Navoiyning «Hayrat ul-abror», «Layli va Majnun», «Saddi
Iskandariy» singari dostonlari Navro‘z va uning paydo bo‘lish
tarixi, u bilan bog‘liq
urf-odatlar, rasm-rusumlar haqida muhim
ma’lumotlarni båruvchi qimmatli manbalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: