Milliy istiqlol
Alishår Navoiy bobomiz ta’biriga ko‘ra, shoh Jam-
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
milliy istiqlol goyasi 8 uzb
Alishår Navoiy bobomiz ta’biriga ko‘ra, shoh Jam-
shid zamonida Navro‘zni bayram qilish urfga aylangan. Manbalarning guvohlik bårishicha, Navro‘z bayramining paydo bo‘lishi to‘rt ming yillik tarixga ega. Alisher Navoiyning «Layli va Majnun» dostonining 12-bobida Navro‘z munosabati bilan Majnun va Laylining yashirincha uch- rashgani, unda Layli ishqining kuchidan Majnunning hushdan kåtgani to‘g‘risida hikoya qilinadi. Navro‘zda uyg‘ongan, gul-u chåchaklarga burkangan sahrolar, bog‘lar bag‘ri odamlar bilan to‘lgan. Ular orasida Majnun bilan Layli ham bor. Låkin odamlardan uyalganidan ular bir-birlariga yaqinlasholmasdan, sirlasholmasdan qiynalishadi. Layli bir cha- manzor ichiga kirgach, odamlar ko‘zidan ancha pinhon bo‘ladi. 111 Bu chamanzor ichida esa Majnunga duch kåladi. Shunda Layli ishq iztirobida kuygan Majnunni yupatar ekan, Navro‘z kuni inson bo‘stonlar bag‘riga chiqmog‘i, ko‘nglidagi chigillarni yozmog‘i, uning qalbi xuddi gul-u chåchaklardåk ochilmog‘i lozimligini bunday ifoda etadi: Bu damki esib nasimi Navro‘z, Bog‘ o‘ldi bahordin gulafshon, Gul atrini qildi majlisafro‘z. Sunbul bu gul uzra kokulafshon. Bu faslda azmi gulshan etgay, Bo‘ston haramini maskan etgay. Hazrat Navoiy g‘azallarining birida: Chaman sarvi qolib hayron, måning sarvim qilib javlon, Aning shaydosi bir dåhqon, munga shaydo bari olam, – dågan go‘zal misralarni bitadi. Bu baytda shoir: «Måning sarvim (ya’ni yorim) javlon urganida, chaman sarvi (ya’ni Navro‘z) ham hayron qoldi, Navro‘zga faqat dåhqonlar shaydo bo‘lgan bo‘lsa, bunga (ya’ni yorimga) butun olam oshufta», – dåydi. Bizning ajdodlarimiz amal qilgan shamsiy yil hisobi bo‘yicha Hamal yilning birinchi oyi hisoblanadi. U aynan Navro‘zdan – 21-martdan boshlanadi. Shu tufayli ham xalqimiz: «Hamal kirdi – amal kirdi», – dåydi. Dåmakki, shu kundan boshlab ona tabiatdagi jamiki mavjudotda – maxluqot va nabototda uyg‘onish, yangilanish, o‘sish-ulg‘ayish, ajib bir tabiiy – ichki ko‘tarilish yuz båradi. Mudrab yotgan urug‘lar, ildizlar, kurtaklar oftobning iliq nurlaridan kuch olib, harakatga – amalga oshiqadi. Kuni kåcha qop-qorayib turgan bodom, o‘rik shoxlari birdan gulga burkanganini, ariq va soy bo‘ylari yam-yashil o‘t-o‘lanlar bilan qoplanib olganini såzmay qolasiz. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling