Navro‘z tabiat va odamlararo diydor, måhr-oqibat,
insonsåvarlik bayramidir.
Bu kun qabristonlarda obodonchilik ishlari olib boriladi,
ulug‘lar yotgan joylar ziyorat qilinadi, kåksa, nogiron, yolg‘iz
odamlar, ota-onalar yo‘qlanadi, tansiq dasturxon yozilib,
måhmon kutiladi, kishilar suyukli insonlariga sovg‘a-salomlar
ulashib, bolalarga shirinliklar hadya etadilar.
Navro‘z do‘stlik, birodarlik tantanasidir.
U nafaqat Sharq xalqlari bayrami, balki millati, dini, e’tiqo-
didan qat’i nazar, shu yurtlarda yashaydigan barcha millatlar
undan bahra oladilar, bir-birlarini yaxshiroq tanib, ko‘ngillariga
yo‘l topadilar.
Jumladan, o‘zbåk xalqi qadimdan tinchliksåvar xalq ekanini
amalda isbotlab kåladi. Xalqimiz barcha davrlarda ellarning, mil-
latlarning o‘zaro tinch-totuv, osoyishta, do‘st-birodar bo‘lib
yashashining tarafdori bo‘lib kålgan. Navro‘zni nishonlash tartibi,
uning tub mohiyatida ayni shu g‘oyalar, maqsad-muddaolar ham
mujassam.
113
Do'stlaringiz bilan baham: |