114
Navro‘z bayrami bir kundan bir oygacha nishonlanib, uni
tantana qilish bilan bog‘liq turli urf-odatlar, udumlar, rasm-
rusumlar avloddan avlodga o‘tib kålmoqda.
Qadimdan karnay-surnaylarning yurakni to‘lqinlantiradigan
sadolari bilan boshlanadigan
bu bayramda dorbozlar, mas-
xarabozlar, polvonlar, qo‘shiqchilar, chanqovuzchilar,
sozanda-
yu raqqosalar, baxshilar o‘z san’atlarini namoyish etishgan.
Tantana ishtirokchilari turli xalq o‘yinlarini, ko‘pkari, kurash,
ot poygasi musobaqalarini tomosha qilganlar. Tantanalar o‘tka-
ziladigan joylarda kosiblik,
zargarlik, duradgorlik, ganchkorlik,
sangtaroshlik, kulolchilik singari xalq amaliy san’ati
namunalari
ko‘rgazma-savdoga qo‘yilgan. Bularning hammasi bayram maz-
mun-mohiyatini yanada boyitgan,
uni kundalik hayot mazmuni
bilan bog‘lagan.
Do'stlaringiz bilan baham: