Milliy istiqlol
Navro‘z yoshlarning o‘z xalqini yanada yaqinroq bilishi
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
milliy istiqlol goyasi 8 uzb
Navro‘z yoshlarning o‘z xalqini yanada yaqinroq bilishi,
uning ruhiyatini tushunishi, shu xalqqa chambarchas bog‘- lanib kåtishi omili hamdir. Odamlarning tinch, erkin va obod hayot nashidasini chuqur his etishi ayni shunday kunlarga to‘g‘ri kåladi. Siz ham, o‘zingizni shu xalq, shu mamlakat farzandi deb bilar ekansiz, elning to‘yida ham, azasida ham oyoqqa qalqmog‘ingiz, shu xalqqa yålkadosh bo‘lmog‘ingiz lozim. Chunki bayram faqat shodiyona, xursandchilik uchun emas. U xalq ruhiyatidagi o‘lmas tuyg‘ularni avlodlararo yåtkazuvchi noyob robita – vosita hamdir. Navro‘z bayrami bolalar va o‘spirinlar uchun olam-olam quvonch, shodlik kåltiruvchi tantanadir. Unga yosh bolalar ham, o‘smir yigit-qizlar ham alohida tadorik bilan kåladilar. Ular Navro‘z kunlari kurash, chillak (zuvillatar), ot o‘yini, poyga, uzoqqa koptok otish, båkinmachoq, varrak uchirish, quloq cho‘zma, hakkalama-dukkalama, tåz aytish, måhmon-måhmon, qo‘rg‘on qurish (tuproq yoki tosh bilan), to‘ptosh, qo‘g‘irchoq o‘yini, danak o‘yini, eshak mindi, oq tårakmi-ko‘k tårak kabi o‘yinlarda yayrab charchamaydilar. Shuningdåk, bu bayramda xalq og‘zaki ijodiyoti namunalarini (maqol, lapar, shå’r, matal, latifa, ertak, doston va boshqalarni) ko‘p aytish bo‘yicha tanlov-musobaqalar uyushtiriladi. Yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan bu singari tadbirlar ularda milliy ong va tafakkur shakllanishi, toblanishida muhim vosita ! 115 hisoblanib, yoshlarning jismonan sog‘lom, ma’nan barkamol bo‘lib voyaga yåtishida alohida ahamiyatga egadir. Navro‘z ayyomida kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalarga davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan homiylik yor- dami ko‘rsatilishi savobli tadbirga aylanib qoldi. Moddiy jihatdan katta imkoniyatlarga ega bo‘lgan davlat va jamoat tashkilotlari, alohida shaxslarning yurtimizdagi «Saxovat» va «Muruvvat», «Måhribonlik» uylariga, maxsus intårnatlarga homiylik yordami ko‘rsatishi bayram kunlari, ayniqsa, kuchayadi. Bularning bari xalqimizning «Qo‘li ochiqning yo‘li ochiq», «Birni bårganga mingni båradi» kabi ezgu maqollari hayotda, amalda o‘z tasdig‘ini topayotganining dalilidir. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling