Milliy istiqlol
«Uning salbiy oqibatlarini o‘zimizga tasavvur etish uchun
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
milliy istiqlol goyasi 8 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Islom Karimov
«Uning salbiy oqibatlarini o‘zimizga tasavvur etish uchun
birgina O‘zbåkiston bo‘yicha qariyb 100 ming kishi qata- g‘onga uchrab, 13 ming nafari otib tashlanganini eslash kifoya. Insoniy qadr-qimmati toptalgan, hayoti poymol etilgan bu odamlar orasida nafaqat arbob va ziyolilar, balki yuzlab oddiy insonlar, yurtimizda istiqomat qilgan dåyarli barcha millat va elatlarning vakillari bor edi. Shu davrda qancha-qancha odamlarning o‘z oilasidan judo bo‘lgani, ayollar båvalikka, go‘daklar yåtimlikka mahkum etilganini, minglab mirishkor dåhqonlarning quloq sifatida olis o‘lkalarga surgun qilinganini inobatga olsak, xalqimiz boshiga tushgan bu fojianing dahshati yanada yaqqol namoyon bo‘ladi» 2 . Aziz o‘quvchi, bir narsani yaxshi bilingki, sho‘ro davlatining yåtmish to‘rt yillik tarixini chåksiz zo‘ravonliklar, oshkora yoxud pinhona qatag‘onlar tarixi, dåb ham båmalol atash mumkin. Chunki 1917-yilning oktabr oyida amalga oshirilgan davlat to‘n- tarishidan boshlangan xunråzliklar kåyin ham u yoki bu shakl- larda muntazam davom etgan. Xalq ustidan yagona partiya 1 Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: «Ma’naviyat» nashriyoti, 2013-yil, 100-bet. 2 O‘sha manba, 98-bet. 120 hukmronligini o‘rnatgan bu davlat o‘tgan asrning 30-yillarida ham, 40–50-yillarida ham, nihoyat 80- yillarida ham turli ko‘rinishdagi qatag‘onlarni amalga oshirgan. Agar Ikkinchi jahon urushidan kå- yingi – 1948–1953-yillarda chop etilgan gazåtalarni varaqlasak, O‘z- båkistonda 5–10 kilogramm paxta nobud bo‘lgani, yarim gåktar paxta maydonini suv yoki o‘t bosgani uchun ham odamlar qamoqqa tashlanganining, ularning aksariyati oilasiga boshqa qaytib kålmaganining guvohi bo‘lamiz. Qolavårsa, O‘zbåkistonda o‘tgan asrning 80-yillarida «paxta ishi», «o‘zbåklar ishi» dågan uydirma gaplar, tuhmatlar ostida o‘tkazilgan so‘nggi qatag‘onlar paytida ham o‘n minglab qishloq xo‘jaligi xodimlari nohaq ayblandi, ularning insoniy qadr- qimmati toptaldi, hayoti poymol etildi. Shukrki, Yurtboshimiz rahbarligida mamlakatimiz istiqlolga erishgach, bu adolatsizliklarga, xo‘rlovlarga ham qat’iy chåk qo‘- yildi. Båayb jazolangan kishilar o‘z oilasi bag‘riga qaytarildi, ularning pok nomlari oqlandi. Bågunoh qurbon bo‘lgan insonlar xotirasini abadiylashtirish borasida ulkan tarixiy ishlar amalga oshirildi. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling