«Jamiyatshunoslar O‘zbekiston tarixining ko‘pgina sahi-
falarini qayta bitishlari, chunonchi, chorizm yillarida O‘rta
Osiyo xalqlarining milliy ozodlik harakati, 1920–1930-
yillardagi adabiy-g‘oyaviy jarayonlar, kollektivlashtirish va
boshqa hodisalarga hujjatlar asosida nazar solishlari kerak.
Behbudiy, Usmon Nosir, Cho‘lpon, Fitrat va boshqalarning
ijodi va dunyoqarashini ham teran va xolis tadqiq etish
zarur bo‘ladi»
1
.
Mustaqillik yillarida O‘zbåkiston Råspublikasi Pråzidånti ta-
shabbusi va båvosita rahbarligi bilan xalqimiz xotirasini tiklash,
u bosib o‘tgan necha ming yillik tarixni xolis va chuqur o‘rga-
nish, unutilayozgan milliy-madaniy qadriyatlarni xalq hayoti va
xotirasiga qaytarish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Sho‘ro
hukmronligi davrida tashlandiq joylarga, hatto vayronalarga
aylantirilgan yuzlab muqaddas qadamjolarimiz – masjid-mad-
rasalar, madaniy yodgorliklarning qayta tiklanishi, «xalq dush-
mani» sifatida qatl etilgan millatparvar shoir-yozuvchilar, olim-u
ulamolarning ilmiy-ijodiy mårosi namunalarining ko‘plab nus-
xalarda nashr etilishi xalq xotirasining uyg‘onishida, istiqlol
fidoyilarining qadrlanishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi.
Chunki, Yurtboshimiz ta’kidlaganidåk:
1
Islom Karimov. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. –T.:
«O‘zbekiston» nashriyoti, 2011-yil, 91-bet.
118
Do'stlaringiz bilan baham: |