O‘zbåk xalqini butun tarixi davomida yorug‘ kun
ko‘rmagan, faqat jaholatda yashagan xalq sifatida
ko‘rsatish, shu orqali sho‘ro hukumatiga hurmat uyg‘o-
tish sovet mafkurasining bosh maqsadi sanalardi.
XX asrning birinchi yarmida millat erkinligini kuylagan, o‘z
xalqini ozod ko‘rmoqni orzu qilgan Mahmudxo‘ja Båhbudiy,
Abdulla Avloniy, Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy singari yuzlab
fidoyi ziyolilar påshonasiga turli aybnomalar qo‘yilib, aksa-
riyatining umri xazon etildi. Bunday mafkuraviy yovuzliklar
sho‘ro davlatining xalqlar va millatlar taqdiriga qanchalar
bepisand munosabatda bo‘lganining yaqqol isbotidir.
Respublikamiz rahbari Islom Karimov bunday bedodliklarga
uzil-kesil chek qo‘yish lozimligini ta’kidlab, 1989-yil 28-noyabr-
dayoq olimlar oldiga quyidagi aniq vazifalarni qo‘ygan edi:
Do'stlaringiz bilan baham: |