XOTIRA – ULUG‘ QADRIYAT
Odamzotni boshqa jonzotlardan ajratib turadigan muhim
jihatlardan biri uning xotiraga ega ekani hamdir. Xotirasini
yo‘qotgan kishi manqurtga aylanib qolishi to‘g‘risida adabiyot
darslarida ko‘p eshitgansiz. Chunki insonni inson qilib turadigan,
unga «mån»lik, ya’ni o‘ziga xos ichki qiyofa ato etadigan narsa
xotira sanaladi.
O‘z ajdodlarini – yåtti pushtini, oilasi, mahallasi, shahri
yoki qishlog‘i o‘tmishini, Vatani tarixini bilmaydigan odamni
ildizidan ajralgan daraxtga qiyoslash mumkin. Ildizsiz
daraxt o‘sib-unmagani, albatta qurib bitishi tayin bo‘lgani
singari, tarixiy xotiradan judo bo‘lgan odamning kålajagi
ham samarasizdir.
Xotira – millat tarixini, uning qadriyatlarini, madaniyati va
ma’naviyatini, bir so‘z bilan aytganda, millatning o‘zligini mujas-
sam etadigan buyuk qadriyat.
Afsuski, sobiq sho‘ro davlati o‘z tarkibiga qo‘shib olgan bar-
cha xalqlar qatori Turkiston o‘lkasida yashaydigan millatlarni
ham tarixiy xotiradan ayirish yo‘lida nå-nå kirdikorlarni amalga
oshirmadi. Jumladan, o‘zbåk xalqi ming yillardan båri e’tiqod
qilib kålgan islom dini o‘rniga atåizm – xudosizlik g‘oyasi
xalqning barcha qatlamlari orasida tinimsiz targ‘ib etildi. Yuzlab
masjid-madrasalar buzib tashlandi, odamlarning emin-erkin diniy
amallarni o‘tashlari taqiqlandi. Hatto o‘tganlarga janoza o‘qish,
ularni qabristonga kuzatish ham mafkuraviy jihatdan xavfli ish
sifatida baholanib, davlat idoralarida ishlaydigan mahalliy kadrlar
quvg‘in ostiga olindi. Dunyo fani, madaniyati rivojiga ulkan
hissa qo‘shgan buyuk allomalar mårosi to‘g‘risida og‘iz ochmas-
lik, Amir Tåmurdåk, Jaloliddin Mangubårdidåk ma’rifatparvar,
vatanparvar bobolarimizni o‘z avlodlariga yomonotliq qilib
tanishtirish oddiy holga aylantirildi.
!
117
Do'stlaringiz bilan baham: |