Velosipedchilardan qaysi biri uchrashguncha ko‘p masofani va nima uchun bosgani aniqlanadi
Download 29.35 Kb.
|
Bantova 247-258-betlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- ALGEBRA MATERIALINI O’RGANISH METODIKASI
247-258-betlar Velosipedchilardan qaysi biri uchrashguncha ko‘p masofani va nima uchun bosgani aniqlanadi. O’qituvchi o’sha chizmadan foydalanib, masala shartini o’zgartiradi (43-rasm). Bolalar bu chizma bo’yicha masala tuzadilar, so’ngra bu masala jamoa bo’lib muhokama qilinadi va yechilishi tushuntirishlar bilan yoziladi: 15+18=33 (km) – velosipedchilar bir soatda yaqinlashdilar; 66:33=2 (soat) – uchrashguncha o’tgan harakat vaqti. Masala sharti yana o’zgartiriladi (44-rasm): O’quvchilar masalani tuzadilar, shundan so’ng masalani yechishning ikki usulini jamoa tarzida muhokama qiladilar: Birinchi usul: 18 2=36 (km) – ikkinchi velosipedchi uchrashgunga qadar yurgan yo’l; 66-36=30 (km) – birinchi velosipedchi uchrashgunga qadar yurgan yo’l; 30:2=15 (soatiga km) – birinchi velosipedchining tezligi. Ikkinchi usul: 66:2=33 (km) – velosipedchilar bir soatda yaqinlashdilar; 33-18=15 (soatiga km) – birinchi velosipedchining tezligi. Keyingi darslarda yechish usullarini umumlashtirish uchun uchrashma harakatga doir tayyor masalalar kiritiladi, bunda o’quvchilar dastlab qaysi punktga yaqin joyda uchrashuv yuz berishini aniqlab, o’zlari chizmani chizadilar. Boshqa masalalar ustida qilinganidek, bu yerda ham ijodiy xarakterdagi turli mashqlarni bajarish kerak. Qarama-qarshi yo’nalishli harakatga doir masalalar ustida ish ham shunga o’xshash olib boriladi, 43-rasm
44-rasm IV-bob ALGEBRA MATERIALINI O’RGANISH METODIKASI Rus va sovet maktabi tarixida yangi programmaga binoan (1969 y.) matematika boshlang’ich kursiga birinchi marta algebra elementlari kiritildi. I-III sinf o’quvchilari matematik ifodalar, sonli tengliklar va tengsizliklar haqida boshlang’ich ma’lumotlar olishlari, harfiy simvolika, o’zgaruvchi bilan tanishishlari, uncha murakkab bo’lmagan tenglamalar va tengsizliklarni yechishni o’rganishlari va ba’zi bir sodda va murakkab masalalarni tenglamalar yordamida yechish uquvini egallashlari lozim. Algebra materiali I sinfdan boshlab arifmetika va geometriya materiallari bilan uzviy bog’liq ravishda o’rganiladi. Algebra elementlarining kiritilishi son, arifmetik amallar, matematik munosabatlar haqidagi tushunchalarni umumlashtirilishiga yordam beradi va shu bilan birga bolalarni yuqori sinflarda algebrani o’rganishga tayyorlaydi. Download 29.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling