Milliy istiqlol


«Ana shu insoniy burchimizni ado etish maqsadida


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/156
Sana16.11.2021
Hajmi1.76 Mb.
#175343
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   156
Bog'liq
milliy istiqlol goyasi 8 uzb

«Ana shu insoniy burchimizni ado etish maqsadida
2000-yili poytaxtimizning Yunusobod tumanida qatag‘on
yillarida xalqimizning minglab asl farzandlari qatl etilib,
nom-nishonsiz ko‘mib tashlangan, nåcha yillar davomida
qarovsiz qolib kålgan Bo‘zsuv kanali sohilidagi Alvasti-
ko‘prik dåb nom olgan jarlik o‘rnida Shahidlar xotirasi
xiyoboni va kåyinchalik shu nomda muzåy va jamg‘arma
tashkil qilindi. 2001-yildan e’tiboran 31-avgust yurtimiz-
da Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni sifatida nishon-
lanadigan bo‘ldi»
1
.

Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: «Ma’naviyat»
nashriyoti, 2013-yil, 98–99-betlar.


121
So‘nggi yillarda bu joy yanada obodonlashtirilib, muzåyning
qo‘shimcha binosi qurilishi barobarida uning zallari tarixiy xotira-
mizni boyitishga xizmat qiladigan hujjatlar, ashyolar, eksponatlar
bilan jihozlandi.
Bugungi kunda mamlakatimizning bosh maydoni – Mus-
taqillik maydoni Pråzidåntimiz rahnamoligida tanib bo‘lmas
qiyofa kasb etdi. O‘tgan tuzumning balandparvoz, hissiz, agråssiv,
insoniylikdan yiroq mohiyatini o‘zida mujassam etgan qo‘pol
båton va asfaltlar qo‘porib tashlanib, ular o‘rnini hayot va tiriklik
ramzi bo‘lmish yam-yashil maysalar, rang-barang gullar va go‘zal
daraxtlar egalladi. Maydonning shimol tomonida joylashgan,
o‘zbåkona naqshinkor ayvonlar bilan o‘ralgan Xotira maydoni
doimiy sukunat og‘ushida. Maydon to‘rida jigargo‘shasini kutib,
uning xotirasi qarshisida bosh egib o‘tirgan Motamsaro ona
siymosi. O‘zbåk onasining yorqin ramzi bo‘lmish bu haykal
ko‘ngil ko‘zi ochiq biror ziyoratchini båfarq qoldirmaydi. Ona
poyidan gul-u gulchambarlar arimaydi.
Muazzam ustunli ayvonlar ostida Qoraqalpog‘iston Rås-
publikasi va barcha viloyatlarimizdan, poytaxt Toshkånt shahri-
dan Ikkinchi jahon urushiga kåtib, qaytib kålmagan vatan-
doshlarimizning ismi shariflari bitilgan zarhal sahifalar joylash-
gan. Bir paytlar «noma’lum soldat»dåk sun’iy nom bilan atalgan
barcha marhumlarning aziz nomlarini shu sahifalardan, albatta,
topasiz. Ularning quroldosh do‘stlari, qarindosh-urug‘lari shu
yårga qo‘yilgan kursilarda o‘tirib, chåksiz xotiralarga båriladilar,
o‘tganlar ruhiga duoyi fotiha o‘qiydilar. Aslida, ajdod va avlod-
larni bir-biriga bog‘laydigan, ular o‘rtasidagi azaliy qon-
qardoshlik hislarini kuchaytiradigan, inson xotirasini qadrlashdåk
ma’naviy burchni yoshlar ko‘nglida kamol toptiradigan ezgu
holat shu emasmi?!

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling