Milliy istiqlol


Qonli voqåalar odamning diydasini, bag‘rini, yura-


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/156
Sana16.11.2021
Hajmi1.76 Mb.
#175343
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   156
Bog'liq
milliy istiqlol goyasi 8 uzb

Qonli voqåalar odamning diydasini, bag‘rini, yura-
gini qattiq qilib qo‘yadi. Tinimsiz jang-u jadallardan
hatto to‘rt muchasi sog‘ holda omon chiqqan odamlar
ham ruhiy jihatdan katta talafot ko‘radi. Chunki urush
tufayli ularning his-tuyg‘ulari o‘zgarib kåtadi, asablari,
ma’naviy olami jarohatlanadi.
Tinchlikka håch qachon osonlikcha erishib bo‘lmaydi.
Tinchlikka erishish, uni asrab-avaylash uchun tinimsiz
måhnat qilish, kurashish, doimo hushyor va ogoh bo‘lib
yashash talab etiladi.
Ozgina loqaydlik va båparvolikka yo‘l qo‘yilgan joyda tinch-
likka putur yåtadi. Buyuk ajdodlarimiz tinchlik-totuvlikni Vatan
ravnaqi, xalq farovonligining asosiy sharti dåb bilganlar. Shu-
ning uchun ham ular yurt tinchligi, fuqarolar osoyishtaligini
ta’minlash masalasiga alohida e’tibor bårganlar. Masalan, So-
hibqiron Amir Tåmurning nabirasi Mirzo Ulug‘båk Mova-
rounnahrda hukmronlik qilgan qirq yil mobaynida mamlakatda
tinchlik-barqarorlik ustuvor bo‘lgani sababli ilm-fan, madaniyat
taraqqiy etgan, bunyodkorlik ishlari rivojlangan, ko‘hna za-
minimiz gullab-yashnagan.
Samarqand shahridagi Mirzo Ulug‘båk rasadxonasining såks-
tanti – poydåvor qismidagi yulduzlarni kuzatish inshooti saqla-
nib qolgan. Bundan qariyb olti asr muqaddam bunyod etilgan
bunday ulkan ilmiy markaz ham tinchlikning mahsulidir. Chunki
juda katta måhnat va mablag‘ni, mohir usta va mutaxassislarni
talab etgan bu noyob obidani notinch sharoitda barpo etib bo‘l-
mas edi.
Bizning mamlakatimizda tinchlik va barqarorlikni asrab-avay-
lash mustaqilligimizning birinchi kunlaridan boshlab eng muhim
va ustuvor masala bo‘lib kålmoqda. Chunki, yuqorida ta’kidlab
o‘tilganidåk, biz o‘z oldimizga buyuk maqsadlar qo‘yib yasha-
yotgan xalqmiz. Bu maqsadlarga erishishning eng muhim shart-
laridan biri tinchlikdir.
Mamlakatimizda chåt elning yirik kompaniyalari bilan birga-
likda barpo etilgan Samarqand va Asaka shaharlaridagi avtomobil
!


16

Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: «Ma’naviyat»
nashriyoti, 2013-yil, 73-bet.
zavodlari, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi, Buxoro nåftni qayta
ishlash zavodi kabi katta korxonalar faoliyat yuritmoqda. Ular
chiqargan mahsulotlar yurtimizda ham, xorijda ham xaridorlarini
topmoqda. O‘ylab ko‘ring, bunday ko‘p måhnat va mablag‘ talab
qiladigan korxonalarni chåt ellik hamkorlarimiz någa aynan biz-
ning yurtimizda qurishga, shu ishga hissa qo‘shishga rozi bo‘-
lishgan? Ular, avvalo, diyorimizdagi tinchlikni, xalqimizning bun-
day hayotni qadrlab yashashini ko‘rib, bu mamlakatda haqi-
qatan ham ishlasa arziydi, qilingan måhnat zoå kåtmaydi, dågan
xulosaga kålishgan.
Bugungi kunda yurtimizning shahar-qishloqlari tobora obod
bo‘lib bormoqda, xalqimiz, ayniqsa, siz kabi yoshlarimiz uchun
yangi-yangi qulayliklar yaratilmoqda. Bularning barchasi, avvalo,
tinchlik tufayli.
Mamlakatimizda yashayotgan har bir insonning tinch va
osuda hayot kåchirishi uchun davlatimiz barcha chora-tadbirlarni
ko‘rmoqda. Chunki tinch yashash va måhnat qilish Konstitut-
siyamiz va qonunlarimizda insonning eng muqaddas huquq-
laridan biri sifatida muhrlab qo‘yilgan.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling