13
YURT TINCHLIGI
Aziz o‘quvchi, e’tibor bårgan bo‘lsangiz, milliy g‘oyamiz tar-
kibida yurt tinchligi masalasi birinchi o‘rinda turibdi. Bu båjiz
emas, albatta. Chunki tinchlik dunyodagi eng buyuk boylik
hisoblanadi. Agar tinchlik bo‘lsa,
hamma erkin nafas oladi, oila
qurish, farzand o‘stirish, to‘y-u tomoshalar qilish, bir so‘z bilan
aytganda, nimaiki ezgu niyat bo‘lsa,
ularning barchasini amalga
oshirish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Biz o‘z oldimizga buyuk maqsad – yurtimizda huquqiy då-
mokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish vazifasini qo‘ygan
ekanmiz, uni amalga oshirish uchun, albatta, ko‘p
ezgu ishlarni
amalga oshirishimiz kårak. Masalan, buning uchun iqtisodiyoti-
mizni rivojlantirishimiz, yårosti va yårusti boyliklarimizdan
tejab-
tergab foydalanishimiz, dunyodagi taraqqiy
topgan davlatlar bilan
hamkorligimizni yanada mustahkamlashimiz, zamonaviy
kadrlarimiz yåtarli bo‘lishi – bularning barchasi juda muhim.
Låkin
ularning hammasidan ham muhimi, el-yurtimiz tinch va
osoyishta bo‘lishi kårak.
Pråzidåntimiz «Yuksak ma’naviyat – yångilmas kuch» kito-
bida bu haqiqatni alohida ta’kidlaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: