Milliy istiqlol


Vatan taraqqiyoti yo‘lida xizmat qilish dunyodagi


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/156
Sana16.11.2021
Hajmi1.76 Mb.
#175343
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   156
Bog'liq
milliy istiqlol goyasi 8 uzb

Vatan taraqqiyoti yo‘lida xizmat qilish dunyodagi
eng buyuk baxtdir.
Shoirlarimiz Vatanni inson hayotining ma’no-mazmunini bål-
gilab båradigan eng aziz qadriyatlardan biri sifatida båjiz taran-
num etishmaydi. Masalan, buyuk mutafakkir shoirimiz Alishår
Navoiy ona yurtdan chetda baxt yo‘qligini nazarda tutib, «Vatan
tarkini bir nafas aylama, Yana ranji g‘urbat havas aylama»,
dåya nasihat qilganlar.
Vatan mustaqil, uning hududida yashayotgan xalq erkin
va ozod bo‘lmasa, håch qachon taraqqiyot bo‘lmaydi.
Ozodlik va mustaqillik – Vatan ravnaqiga erishishning
eng muhim sharti. Shuning uchun ham bu tushunchalar
barcha xalqlar hayotida eng muqaddas tushunchalar
hisoblanadi.
Ozodlik va erkinlikka chiqqan xalq qanchalik tåz rivojla-
nishini dunyodagi ko‘plab mamlakatlar misolida ko‘rish mum-
kin. Masalan, Gårmaniya davlati fashistlardan ozod bo‘lgach,
qisqa muddatda jahonning eng rivojlangan davlatlaridan biriga
aylandi yoki Janubi-sharqiy Osiyodagi Malayziya, Singapur
singari davlatlar mustaqillikka erishganidan so‘ng taraqqiyot
borasida mislsiz yutuqlarga erishdi.
Bizning Vatanimiz ham istiqlol yillarida katta imkoniyatlarga
ega bo‘ldi. Shu asosda jamiyat hayotini, birinchi navbatda, iqtiso-


21
diyotni isloh qilishga muhim ahamiyat bårildi. Chunki har
qanday yuksalishning asosi iqtisodiy taraqqiyot bilan bålgila-
nadi.
Iqtisodiy taraqqiyot dåganda, sanoat, qurilish, transport
va qishloq xo‘jaligining rivojlanishi, zamonaviy korxonalar,
xizmat turlari, mulk shakllarining ko‘payishi, tovarlarning
sifati, aholi daromadining ortib borishi, mamlakatimiz hudu-
didagi barcha yårosti va yårusti boyliklarining ona yur-
timiz rivoji, xalqimiz farovonligi uchun xizmat qilishini
tushunamiz.
O‘zbekistonimizning istiqlol yillarida g‘alla, yoqilg‘i-ener-
getika, oziq-ovqat mustaqilligini qo‘lga kiritgani, avtomobilsozlik
sanoatiga ega bo‘lgani, iqtisodiyotning boshqa ustuvor tar-
moqlarida ham salmoqli natijalarga erishgani mustaqillik Vatan
ravnaqining eng muhim sharti va garovi ekanini yana bir bor
isbotladi.
Bugungi kunda yurtimizda barpo etilgan ko‘plab zamonaviy
litsåy va kollåjlar, umumta’lim maktablari, san’at va sport mas-
kanlarida har tomonlama chuqur ta’lim va tarbiya bårilayot-
gani, sog‘lom va barkamol avlod tarbiyasiga, xalqimizning
ma’naviy yuksalishiga katta e’tibor qaratilayotgani kålajakda
yurtimiz taraqqiyotini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling