XALQ FAROVONLIGI
Aziz o‘quvchi, siz o‘tgan darslarimizdan tushunib, anglab
yåtgan bo‘lsangiz kårak, milliy g‘oyamizning asosiy tushunchalari
o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, ularning birini ikkinchisidan ayri
holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Masalan, yurt tinchligisiz Vatan
ravnaqi bo‘lmaydi. Xalq farovonligiga esa yurt tinchligi va Vatan
ravnaqi ta’minlangandagina erishish mumkin.
Xalq – millati, tili va dinidan qat’i nazar, mamlakat hu-
dudida yashayotgan barcha insonlardan iborat. Dåmak, xalq
farovonligi g‘oyasi ushbu mamlakat hududida amalga oshi-
rilayotgan barcha ishlar, yurt tinchligi va Vatan ravnaqiga
erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlar pirovard natijada odamlarning
yashash sharoitini yaxshilashga qaratilganini anglatadi.
Xalq farovonligi dåb, odamlarning munosib turmush
sharoiti, iqtisodiy jihatdan o‘ziga to‘q bo‘lib yashashi, eng
zarur moddiy ehtiyojlarning to‘liq qondirilishini ta’min-
laydigan ijtimoiy hayot darajasiga aytiladi.
Pråzidåntimiz ta’kidlaganidåk, «bu dunyoda har bir
Do'stlaringiz bilan baham: |