Milliy istiqlol
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
milliy istiqlol goyasi 8 uzb
Savol va topshiriqlar:
1. Xalq farovonligiga qanday sharoitda erishish mumkin? 2. Xalq farovonligi g‘oyasi dåb nimaga aytiladi? 3. «Islohot – islohot uchun emas, avvalo inson uchun» dågan qoida kim tomonidan aytilgan? Uning ma’nosini tushuntirishga harakat qiling. 4. Bozorlarimizdagi to‘kinchilikning sababi nimada deb o‘ylaysiz? 5. «Bir yigitga qirq hunar oz» dågan maqolning ma’nosini siz qanday tushunasiz? 6. Ushbu rasmlarda aks ettirilgan kishilar xalq farovonligiga qanday hissa qo‘shayotgani to‘g‘risida so‘zlab båring. ? D) E) A) B) C) 27 OBODLIK KO‘NGILDAN BOSHLANADI (Amaliy mashg‘ulot) Aziz o‘quvchi, Pråzidåntimiz Islom Karimov o‘zining nutq va ma’ruzalari, jamoatchilik vakillari bilan bo‘lgan suhbatlarida alohida ta’kidlab aytadigan «Obodlik ko‘ngildan boshlanadi» dågan hikmatli iboraning ma’nosi haqida o‘ylab ko‘rganmisiz? Yurtimizda obod joylar ko‘p. Ular mohir muhandis va må’- morlar, qo‘li gul ustalar, bog‘bon-u sohibkor insonlar, butun xalqimiz mehnatining natijasidir. Biz ana shu obod maskanlarni bunyod etish fikri, avvalo, kimning ko‘nglida paydo bo‘lgani haqida ko‘pincha o‘ylab ko‘rmaymiz. Holbuki, pok niyat, yaxshi orzu-o‘y va råjalar hamisha ko‘ngildan boshlanadi. Ayniqsa, bizning xalqimiz doimo yaxshilikni o‘ylab yashaydi. Odamlarimiz tarixning eng qiyin pallalarida ham oila qursam, el-yurt xizmatiga yaraydigan, kuchli, aqlli va pahlavon farzandlar o‘stirsam, uy barpo etib, daraxtlar ekib, avlodlarimga måros qilib qoldirsam, dågan ezgu tilaklarni ko‘ngliga tugadi. Vatanimizning bosh maydoni bo‘lgan Mustaqillik maydonidagi Ezgulik arkasi, Mus- taqillik va ezgulik monumånti kabi zamonaviy må’moriy obidalar xalqimizning ana shunday ulug‘ fazilatlari sharafiga barpo etilgan. Mamlakatimizning qaysi burchagiga bormang, u yårda albatta obodlik ramzi bo‘lgan yangi maktab, litsåy yoki kollåj binosini, so‘lim bog‘ yoki xiyobonni, yam-yashil dalalarni, shinam uy- joylarni ko‘rishingiz mumkin. Ularning barchasi xalqimizning fidokorona måhnati tufayli shunday ko‘zni quvontiradigan dara- jaga yåtgan. Ayni paytda ular ming-minglab oddiy, kamtarin va måhnatkash insonlarning samimiy qalbi, bahor tongidåk tiniq o‘y-xayollari, båg‘ubor orzulari mahsulidir. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, agar insonning ko‘ngli toza, niyati xolis bo‘lmasa, katta va ulug‘ ishlarni vijdonan, sidqidildan amalga oshira oladimi? Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, 28 Tårmiz, Qarshi va Marg‘ilon kabi shaharlarimizda asrlar sino- vidan o‘tib, hanuzgacha dunyo ahlini hayratga solib kålayotgan qadimiy binolarimizga e’tibor båring. Ana shu o‘lmas obidalarni barpo etgan må’mor va ustalarning ko‘ngli ham, qo‘li ham pok bo‘lmaganida, bu ulkan inshootlarning loaqal bitta g‘ishti noto‘g‘ri qo‘yilganida bormi, ular shamol-u yomg‘irlar, qor-u qirovlar, jazirama va izg‘irinli kunlar ta’siriga dosh bårolmasdan, allaqachon nurab, to‘kilib, yo‘q bo‘lib kåtgan bo‘lardi. Xuddi shu kabi, bugungi kunda ham dalalarda fårmår va dåhqonlarimiz, qurilish maydonlarida må’mor-u ustalarimiz, ishlab chiqarish korxonalarida muhandis-u ishchilarimiz, maktablar, litsåylar, kollåj va oliy o‘quv yurtlarida muhtaram ustozlarimiz, shifo maskanlarida tibbiyot xodimlari o‘z ishini sidqidildan, ya’ni chin ko‘ngildan bajarmasa, 1991-yildan buyon o‘tgan vaqt mobaynida, ko‘hna tarix uchun juda qisqa bir muddatda – mustaqillik davrida mamlakatimiz bu qadar ulkan yutuqlarga erishishi, håch shubhasiz, qiyin bo‘lardi. Siz o‘zingiz yashayotgan qishloq yoki shaharda, tahsil ola- yotgan maktabda yurtimizdagi obodlikdan dalolat båradigan manzaralarni ko‘p ko‘rasiz. Dåylik, maktabdan qaytishda daraxt- zor xiyobonda, salqin shabada esib turgan, suv to‘lib oqayotgan ariq yoki soy bo‘yida dam olishingiz mumkin. Shu daraxtlarni ham kimdir ekkan, shu ariq yoki soyni ham kimlardir båg‘araz måhnat qilib qazigan, qum-shag‘allardan, xas-xashaklardan tozalagan, to‘g‘rimi? Sizningcha, ular qanday ko‘ngilli insonlar? Ular – ko‘ngli pok va ulug‘ insonlar! Shunday emasmi? Shu tarzda maktabingizni, uning sinfxonalaridagi o‘quv anjom- larini qurgan va yaratgan insonlar haqida, ularning qalbidagi orzu-umidlari to‘g‘risida håch o‘ylab ko‘rganmisiz? O‘zingiz taniydigan fårmår, bog‘bon, shifokor yoki o‘qituv- chining har kunlik måhnati uning qalb olamiga, ma’naviyatiga, orzu-o‘ylariga qanchalik uyg‘un ekani haqida fikrlab ko‘ring. Shu haqda sinfdoshlaringizga, ota-onangizga hikoya qilib båring. Bu haqda doimo o‘ylash hayotdagi ko‘pgina murakkab masalalarni tushunishda ham qo‘l kåladi. Eng muhimi, siz bu dunyodagi barcha ezgu ishlarning manbayi inson qalbi ekaniga, uning ma’naviy imkoniyati, kuch-qudrati chåksizligiga, obodlik haqiqatan ham ko‘ngildan boshlanishiga ishonch hosil qilasiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling