Aslida huquqning o‘zi ham ma’naviyat mahsulidir.
Insonlar o‘z hayotini mazmunli qilish, tinch va osoyishta
yashash uchun huquq va majburiyatlarni qat’iy bålgilab
båradigan qonunlarni o‘ylab topgan.
Chunki har bir odam huquq va erkinlikni, ayni paytda,
o‘zining boshqalar oldidagi burch hamda majburiyatlarini yaxshi
tushunsa, dunyoda yomonlik, adolatsizlik, har xil ko‘ngilsiz
hodisalar kamayadi.
Insonning ma’naviyati yuksalib borgani sari huquq haqidagi
tushunchalari ham mukammallashavåradi. Odamzot yanada
ko‘proq huquqqa, yanada ko‘proq erkinlikka ega bo‘lishni istaydi.
Siz tarixdan o‘qigansiz – XX asr boshlarida so‘z erkinligi,
matbuot erkinligi va vijdon erkinligi masalalari ko‘pchilik xalqlar
uchun orzu edi, xolos. Yevropa, Amårika va Osiyoda ana shu
huquqlarni talab qilib odamlar qancha kurash olib borgan.
Bugungi kunda esa bunday erkinliklar dåmokratik jamiyatlarda
konstitutsiyalar va qonunlar bilan mustahkamlab qo‘yilgan
kundalik qadriyatga aylanib qoldi. Ularsiz endi hayotni tasavvur
etib bo‘lmaydi.
Hozirgi kishilar, aqli va tafakkuri yuksalgani uchun, endi
boshqa talablar bilan ham maydonga chiqmoqda. Xususan, yadro
qurollarini tarqatmaslik, xalqaro tårrorchilik va ekstråmizmga
qarshi kurashish, atrof-muhitning ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik
kabi tashvishlar bugungi insoniyatning asosiy talablariga
aylanmoqda. Bu masalalar Yer yuzida hayotni saqlash, odam-
larning eng muqaddas huquqi bo‘lgan yashash huquqini
ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgani uchun ham jiddiy xavotir
uyg‘otmoqda.
5 – Milliy istiqlol g‘oyasi, 8-sinf
66
Do'stlaringiz bilan baham: |