Milliy istiqlol
«Qonunchilik va huquq-tartibot tantana qilmas ekan
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
milliy istiqlol goyasi 8 uzb
«Qonunchilik va huquq-tartibot tantana qilmas ekan,
huquqiy davlat qurishni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Qonunning ustuvorligi – huquqiy davlatning asosiy prinsipidir. U hayot- ning barcha sohalarida qonunning qat’iyan hukmronligini nazarda tutadi. Håch bir davlat organi, håch bir xo‘jalik yurituvchi va ijtimoiy-siyosiy tashkilot, håch bir mansabdor shaxs, håch bir kishi qonunga bo‘ysunish majburiyatidan xalos bo‘lishi mumkin emas. Qonun oldida hamma ba- robardir» 2 . 1 Islom Karimov. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. –T.: «O‘zbekiston» nashriyoti, 2011-yil. 128-bet. 2 Islom Karimov. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild. –T.: «O‘zbekiston» nashriyoti, 1996-yil. 319-bet. 63 O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda qonunchilikning mustahkam asoslarini yaratish, inson huquqlari, erkinliklarini himoya qilish, davlatimizning ichki va tashqi siyosatida insonpar- varlik, ezgulik, adolat g‘oyalarining ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan ko‘plab qonun hujjatlari qabul qilindi. Aholining huquqiy savodxonligini oshirish orqali huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan tizimli ishlar olib borildi. «Huquqiy madaniyat» tushunchasi «huquqiy ma’rifat» va «huquqiy savodxonlik» kabi tushunchalar bilan uzviy bog‘liq. Bir narsaga e’tibor båringki, huquqiy ma’rifat nafaqat qonun- larning o‘zini, balki ularni hayotga tatbiq qilish bilan bog‘liq qonunosti hujjatlarini bilishni ham talab etadi. Huquqiy savodxonlik va ma’rifat asosida insonning huquqiy ongi shakllanadi. Huquqiy ongi yuksak odam qonuniylik bilan qonunsizlikning farqini yaxshi anglaydi, o‘z huquq va erkin- liklarini himoya qilish bilan birga, o‘zgalarning huquq hamda erkinliklarini hurmat qilishni ham unutmaydi. Qonuniylik qonun ustuvorligi, qonunga muvofiqlik, faqat qonun asosida yashash, g‘ayriqonuniylikka yo‘l qo‘ymaslikni bildiradi. Qonuniylik hukmron bo‘lgan joyda tinchlik-totuvlik, tartib- intizom va adolat qaror topadi, insonlarning huquq va erkinliklari to‘la ta’minlanadi. Qonunsizlik esa qonunning yo‘qligi yoki uni tan olmaslikni bildiradi. Qonunsizlik avj olgan joyda håch qachon tinchlik-totuvlik, tartib-intizom va adolat bo‘lmaydi. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling