Milliy istiqlol
«Eng avvalo, o‘zimizga shunday savol berishimiz kerak
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
milliy istiqlol goyasi 8 uzb
«Eng avvalo, o‘zimizga shunday savol berishimiz kerak:
har bir fuqaro, har bir inson, oila boshlig‘i hokimiyatdan nimani kutyapti? Barcha zamonlarga va xalqlarga xos bo‘lgan eng asosiy, eng muhim, eng umumiy maqsadni aniqlaydigan bo‘lsak, shuni to‘la asos bilan aytish mumkinki, davlat paydo bo‘l- gandan buyon, inson o‘zining xavfsizligini himoya qilishni, shaxsiy huquqlari va erkinliklari ta’minlanishini davlatdan 62 kutadi, hokimiyatdan najot izlaydi. Hokimiyat shu tabiiy talablarga javob berolmasa, ochig‘ini aytganda, bunaqa hokimiyat hech kimga kerak bo‘lmaydi» 1 . O‘sha yillardan boshlaboq mamlakatimizda qonun ustuvor- ligini ta’minlash, barchaning qonun oldida tångligini amalda joriy etish borasida jiddiy islohotlar hayotga tatbiq etildi. Chunki Pråzidåntimiz iborasi bilan aytganda, odamlar ko‘p narsaga chidashi, sabr qilishi mumkin, biroq adolatsizlikka chiday olmaydi. Shunga ko‘ra, respublikamizda sobiq sho‘rolar davrida yo‘l qo‘yilgan adolatsizliklar, qonunsizliklarni bartaraf etishga kirishildi. Bu esa xalqimiz ko‘ngliga taskin bårish bilan birga, uning adolatga, haqiqat tantanasiga, davlatga hamda kålajakka ishonch-e’tiqodini mustahkamladi. O‘tgan asrning 30–50- yillarida o‘tkazilgan qatag‘on siyosatining barcha qurbonlari pok nomlarining tiklanishi, 80-yillarda «paxta ishi», «o‘zbåklar ishi» dågan tuhmat va bo‘htonlar tufayli ozodlikdan mahrum etilgan barcha bågunoh kishilarning oilalari bag‘riga qaytarilgani – mustaqil O‘zbåkistonda «inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari – oliy qadriyat» (O‘zbåkiston Råspublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasi) hisoblanishining amaldagi isboti bo‘ldi. Pråzidåntimiz bu boradagi ishlarni izchil yo‘lga qo‘yishga da’- vat etar ekan, quyidagi muhim masalalarga e’tibor qaratgan edi: Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling