Milliy istiqlol
Boshqacha aytganda, huquqiy madaniyatning ikki
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
milliy istiqlol goyasi 8 uzb
Boshqacha aytganda, huquqiy madaniyatning ikki
tomoni bo‘lib, ularga rioya qilish barchaning burchi hisoblanadi. U, avvalambor, insonning o‘z huquq va erkinliklarini yaxshi bilishi va ulardan to‘liq foydalani- shini talab etadi. Ikkinchidan esa, o‘sha insonning qonun oldidagi, boshqa insonlar, xalqi va Vatani oldidagi burchi va majburiyatini ham unutmasligini taqozo qiladi. 64 Huquqiy madaniyatli odam qonunlardan qo‘rqqani uchun emas, balki ularni hurmat qilgani, qonunlar timsolida xalq xohish-irodasini ko‘rgani uchun ham qonun asosida yashashni o‘z hayotining mazmuni dåb biladi. Buni yanada aniqroq tasavvur qilish uchun shuni bilingki, sizning huquq va erkinligingiz xuddi sizdåk boshqa bir kishining huquq va erkinliklari chågarasigacha davom etadi. O‘sha kishi- ning qonuniy huquq va erkinliklarini hurmat qilish sizning qonun oldidagi majburiyatingiz hisoblanadi. Chunki huquqiy dåmokratik davlat o‘z nomi bilan erkin jamiyatdir. Unda zo‘ravonlik, kuch bilan majburlash yo‘q. Barcha munosabatlar fuqarolarning ongli harakat qilishiga asoslanadi. Bu jamiyatda hamma erkin yashaydi, hayotning barcha sohalari qonun asosida erkin rivojlanadi. Bu imkoniyatlardan to‘laqonli foydalanish Konstitutsiya va qonun- larda bålgilab qo‘yilgan majburiyatlarni og‘ishmasdan ado etishni talab qiladi. Aks holda, qonunda ko‘zda tutilgan jazo choralari ko‘riladi, ya’ni bunday jamiyatda qonun bårgan erkinlik va imkoniyatlarni suiistå’mol qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Har qanday madaniyat yuksak ong va tafakkurga asoslangani singari, huquqiy madaniyat ham odamlarda, avvalo, huquqiy tafakkur va dunyoqarashni shakllantirishni talab etadi. Huquqiy tafakkur va dunyoqarash esa Konstitutsiya, qonunlarni, umuman huquq ilmini o‘rganish orqali shakllanadi. Shuning uchun ham mamlakatimizda aholining, ayniqsa, yoshlarning huquqiy bilim va madaniyatini oshirishga alohida e’tibor bårilmoqda. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling