61
Bulardan ko‘rinadiki, qonuniylik har qanday jamiyat taraqqi-
yotining, farovonligi va xavfsizligining muhim sharti,
kafolati
hisoblanadi.
Jamiyatda qonuniylik amal qilishi uchun bu jamiyatning
huquqiy madaniyati yuksak darajada bo‘lishi lozim.
Huquqiy madaniyat – bu insonlarning davlat va huquq
haqidagi muhim bilimlarni egallab olish darajasi, kishining
qonunlarni bilish va ular asosida yashash borasida orttirgan
tajribasi, umumiy huquqiy saviyasidir.
Huquqiy madaniyat
umumiy madaniyatning ajralmas, uzviy
bir qismi hisoblanadi. Jamiyatda huquqiy madaniyat qaror topishi
quyidagi omillarga chambarchas bog‘liq:
1. Davlat tomonidan xalq manfaatlarini ifodalovchi huquqiy
siyosatning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi.
2. Mamlakatda yuridik – huquqshunoslik
fanlarining rivojlan-
gan bo‘lishi.
3. Hammaning qonun oldida tångligi.
4. Huquqni amalga oshiruvchi davlat idoralari va mansabdor
shaxslarning qonunlar doirasida o‘z huquqi, burchlarini bajarishi,
ularni anglab olishi.
5.
Huquqiy tarbiya, targ‘ibot-tashviqot ishlarining izchil yo‘lga
qo‘yilishi va hokazolar.
Mustaqillik sari intilgan O‘zbåkistonimiz taraqqiyoti adolat-
sizlik, qonunni månsimaslik sharoitida kåchishi aslo mumkin
emas edi. Shu tufayli ham Yurtboshimiz
istiqlolga erishishi-
mizdan bir yarim yil avval – 1990-yil 24-fevralda so‘zlagan
nutqida bu masalani eng muhim vazifa sifatida ta’kidlaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: