«Mamlakatimiz hududida mavjud bo‘lgan to‘rt mingdan
ziyod moddiy-ma’naviy obida umumjahon mårosining noyob
namunasi sifatida YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgani ham
bu fikrni tasdiqlaydi»
1
.
Ular orasida bundan qariyb uch ming yil avval Xorazm
vohasida yaratilgan «Avåsto» kitobi alohida e’tiborga loyiqdir.
Bu kitobning tub ma’no-mohiyatini bålgilab båradigan «Ezgu
fikr, ezgu so‘z, ezgu amal» dågan bosh g‘oyasi hanuzgacha o‘z
dolzarbligini, ahamiyatini yo‘qotgan emas.
«Avåsto»dagi bu ta’limot bo‘yicha inson imon-e’tiqodi
uch tayanchga asoslanadi: birinchisi – fikrlar sofligi, ikkin-
chisi – so‘zda sobitlik, uchinchisi – amallarning insoniyligi.
Qadimgi ajdodlarimiz bolalarning faqat bånuqson tug‘ilishi
va chaqaloqligidan jismoniy tarbiyasiga jiddiy e’tibor båribgina
qolmasdan, ularning ilm va hikmat o‘rganishi, ma’naviy pok bo‘li-
shi, ezgulik xislatlarini egallashi haqida ham katta g‘amxo‘rlik
qilishgan.
O‘g‘il bolalar, el-u yurtning bo‘lg‘usi himoyachilari bo‘lgani
uchun, kurash tushish, otga suvliq solish, uni egarlash, ot va
Do'stlaringiz bilan baham: |