Milliy istiqlol


Kimningki tabiatida qanoat, sabr, shukronalik hislari


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/156
Sana16.11.2021
Hajmi1.76 Mb.
#175343
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   156
Bog'liq
milliy istiqlol goyasi 8 uzb

Kimningki tabiatida qanoat, sabr, shukronalik hislari
kuchli bo‘lsa, bunday inson odamiylik chågarasidan håch
qachon chiqmaydi, birovning marhamatiga kuni qolmaydi,
o‘zgalar minnatidan yiroq yuradi.
Chunki minnatga sabab bo‘ladigan birorta yaxshilik aslida
yaxshilik sanalmaydi. O‘zini hurmat qiladigan, qadrlaydigan
odam bunday «yaxshilik»ka muhtojlik såzmaydi, balki o‘z kuchi,
irodasi, sabr-u qanoatini ishga solib, barcha narsaga o‘zi erishadi.
O‘zbåkiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripovning «Ilti-
mos» nomli shå’rida aynan shunga da’vat qilinadi:
Sargardon, yo‘llarda qolsang hamki och,
Sabr-u qanoatni qilgil boshga toj,
Notanti yo‘ldoshga bo‘lma håch muhtoj,
Hargiz iltimosga kuning qolmasin.
Xo‘sh, någa shoir notanti yo‘ldoshdan bu qadar båzillab
qolgan? Iltimos qilishning, biror masalada boshqalardan ko‘mak
olishning nimasi yomon? Axir, hayotda odamlarning bir-birlariga
ishi tushishi, istaydimi-yo‘qmi, ular bir-birovidan nimalarnidir
iltimos qilishi tabiiy-ku!
Hamma gap o‘sha iltimosni kimga qilishda, kimdan najot
kutishdadir. Shoir notanti – mayda, nomard, qilgan ozgina
yaxshiligini birovlarga minnat qiladigan kimsalarga yalinmaslikni
uqtirmoqda. Chunki:
Ta’nadir dunyoda yomondan yomon,
Non bårib rangingni etgaydir somon.
Aqling butun bo‘lsa, to‘rt muchang omon,
Hargiz iltimosga kuning qolmasin.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling