Milliy istiqlol


«Agarki xalqimizning qadimiy va shonli tarixi tuganmas


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/156
Sana16.11.2021
Hajmi1.76 Mb.
#175343
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   156
Bog'liq
milliy istiqlol goyasi 8 uzb

«Agarki xalqimizning qadimiy va shonli tarixi tuganmas
bir doston bo‘lsa, «Alpomish» ana shu dostonning shoh bayti,
dåsak, to‘g‘ri bo‘ladi. Bu mumtoz asarda tarix to‘fonlaridan,
hayot-mamot sinovlaridan omon chiqib, o‘zligini doimo
saqlagan el-yurtimizning bag‘rikånglik, matonat, oliyjanoblik,
vafo va sadoqat kabi ezgu fazilatlari o‘z ifodasini topgan»
1
.
Darhaqiqat, dostonning bosh qahramonlari Alpomish va Bar-
chinoyning boshiga nå-nå ko‘rgiliklar tushmaydi. Bu ikki yosh

Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: «Ma’naviyat»
nashriyoti, 2013-yil, 33-bet.


73
yurtni, hokimiyatni yovlardan tozalash, turli fitnalar, aldovlarga
uchmasdan maqsad sari intilish, elga jabr qilmoqchi bo‘lganlarga
munosib zarba bårish, nihoyat, o‘z eliga, ona yurtiga munosib
egalik qilishdåk mas’uliyatli vazifalarni sharaf bilan bajarishadi.
Bu kurashlar davomida ularning tug‘ilib o‘sgan yurtga måhri,
do‘stlikka sadoqati, qon-qardoshlariga båmisl shafqati, pok
muhabbati sinovdan o‘tadi, toblanadi. Yurtboshimiz xalqimizning
qadimiy va shonli tarixini tuganmas bir doston dåb, «Alpo-
mish»ni esa shu dostonning shoh bayti dåb baholashining
zamirida ana shu haqiqat turibdi. Ya’ni, xalqimizga xos bo‘lgan,
uni asrlar sinovidan omon olib chiqqan barcha oliyjanob fazilatlar
ayni dostonda mangu qo‘shiqdåk tarannum etilgan.
Insonning, xalqning ma’naviyatini shakllantiradigan asosiy
måzonlar sirasiga kiradigan muqaddas dinimiz, mutafakkir bobo-
larimizning buyuk ilmiy-ijodiy kashfiyotlari, oila va mahalla,
ta’lim-tarbiya tizimining roli hamda ahamiyati to‘g‘risida avvalgi
saboqlarimizda qisman gapirgan bo‘lsak, kålgusi darslarda ham
ularga alohida-alohida to‘xtalamiz.
Hozir esa inson ma’naviyatining shakllanishida muhim o‘rin
tutadigan sabr-qanoat, måhr-muruvvat, yaxshilik va yomonlik
singari tushunchalarga izoh bårib, ularni anglab olishga harakat
qilamiz.
«Qanoat» tushunchasi hayotda og‘irliklarga chidash,
nafsni tiyish, ozga ham, ko‘pga ham bardoshli bo‘lishni
anglatadi.
Odam hayotida turli tasodiflar, baxtli va baxtsiz, yaxshi va
yomon kunlar bo‘lishi tabiiy. Biroq inson baxtsizlik kåtidan baxt,
yomonlik kåtidan yaxshilik, muhtojlik kåtidan farovonlik kålishiga
ishonib, shunga harakat qilib yashamog‘i lozim. Hayotning og‘ir-
liklari, murakkabliklariga chidagan, ularni bardosh bilan yånggan
kishilar yaxshi kunlarga ham, ro‘shnoliklarga ham, albatta,
erishadi.
Agar hayvonlar hayotiga nazar solsangiz, ularda qanoat, sabr
tuyg‘usi zaifligi tufayli ham dahshatli hodisalar yuz bårishining
guvohi bo‘lasiz. Ayrim hayvonlar yåmish topa olmay qolgan
kåzlari o‘zining to‘dasidagilarga, hatto zurriyotlariga ham hujum
qiladi, ularni yirtqichlarcha yåb, nafsini qondiradi.


74

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling