Milliy kurash va belbog`li kurashning qoidalari


MILLIY KURASHNING RIVOJLANISH


Download 0.88 Mb.
bet2/4
Sana01.01.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1074241
1   2   3   4
Bog'liq
portal guldu uz 1 Mavzu O’zbekiston Respublikasida milliy kurash

1.MILLIY KURASHNING RIVOJLANISH.
Chunonchi, Panjikentdan topilgan kurashayotgan ikki pahlavonning devoriy rasmi Sug'diyona davlatchiligiga, ya'niy o'rta asrlar davriga oid noyob yodgorlik sanaladi.
Shunday ashyolardan biri silindr shaklidagi sopol idish bo'lib, u qadimgi Baqtriya (Janubiy o'zbeksiton) hududidan topilgan. Uning bir parchasida ikki kurashchi va ulardan birining o'z raqibini oyog'idan chalayotgani tasvirlangan. Yana bir idish gardishidagi haykalchalarda ham pahlavonlarning qo'llarini ko'tarib kurashga shaylanayotgan holda o'z ifodasini topgan. Bu idishlar bronza davriga oid bolib, u kurashning tarixi yanayam ko'proq, ya'ni 3,5 ming yil ekanligidan guvoxlik beradi.
“Oyinnoma”da berilgan ma’lumotlarga ko’ra, sosoniylar davrida zodagonlarning bolalari 6 yoshgacha ota-onala-rining uyida yashar, 7 yoshga yetgandan keyin davlat tarbiyasiga o’tkazilib, hukmdorlar ixtiyorida bo’lgan maxsus maktablarga joylashtirilar va 19 yoshga yetgunga qadar ana shu maktabda tahsil ko’rardi. O’z bilimi va bahodirligi bilan mashhur bo’lgan kishilar shu maktablarda murabbiylik vazifasini o’tar edilar. Sosoniylar maktablarda bolalarni jismoniy tarbiyalash masalasiga alohida e’tibor berilar edi. Ular sovuqqa, ochlikka, chanqoqlikka, og’riqqa chidamli bo’lishi, tez yugurishi, uzoqqa sakrashi, otga chaqqon minishi, tez chopishi, kamon va o’q-yoy otishda, qilich-bozlikda mo’ljalli, tezgir bo’lishi, kurashish jang usullarini yaxshi bilishi talab qilinar edi.
O’zbek xalqining kurashchi-polvonlariga bo’lga hurmati juda katta, chunki ular o’zlarida kuchlilik, mardlik, chidamlilik, axloqiy poklik, erksevarlikni mujassamlashtiradilar.
2.HALQ BOHODIRLARI.
Xorazmlik Pahlavon Maxmudning (1243-1326) nomi tarixdan abadiy o’rin olgan. U butun umri davomida bellashuvlarda biror marta ham mag’lubiyatga uchramagan. Pahlavon Maxmud ko’pgina yurtlarga sayohat qilgan. Eronda, Hindistonda va boshqa sharq mamlakatlarida bo’lgan, O’rta Osiyo bo’ylab yurgan va hamma yerda kuchli polvonlar bilan kurash tushgan. Lekin hyech qayerda o’z Vatanida va na xorijiy yerlarda uning kuragi yerga tegmagan. Pahlavon Mahmudning nomi afsonalarga to’la. Bu afsonalarda xalq o’zining polvonga bo’lgan muhabbati, hurmatini ifoda etgan. Shuning uchun ham xalq bahodiri faqat kuchi kishigina emas, shu bilan bir qatorda eng haqqoniy kishi hamdir.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling