Milliy libos, kashtachilik, to’qimachilik


Tikuv buyumlarni ishlab chiqaradigan texnologik jarayonni loyihalash bosqichlari


Download 1.91 Mb.
bet19/71
Sana26.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1656450
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   71
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni loyixalash O\'quv uslubiy majmua 2021 2

Tikuv buyumlarni ishlab chiqaradigan texnologik jarayonni loyihalash bosqichlari.

Tikuv buyumlarni ishlab chiqaradigan texnologik jarayonni loyixalash quyidagi bosqichlar bo’yicha olib boriladi:
1-bosqich. Dastlabki ma’lumotlarni yig’ish, taxlil qilish va texnik topshiriqlarni ishlab chiqish.

  • model tanlash va asoslash;

  • tanlangan buyum modeliga gazlama tanlash va asoslash;

  • tanlangan buyumni tikish uchun asbob-uskuna va tikish usullarini tanlash;

  • tikish usuli asosida buyum tikish texnologik tartibini tuzish;

  • tanlangan buyum modelini ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish oqimini tanlash.

2-bosqich. Tikuv sexini loyixalash uchun texnologik xisoblash ishlarini bajarish:
- ishlab chiqarish oqimini parametrlarini hisoblash;
- ishlab chiqarish oqimini texnologik sxemasini tuzish;
- texnologik sxemani tahlil qilish;
- ishlab chiqarish oqimini texnik iqtisodiy ko’rsatkichlarini hisoblash;
- ishlab chiqarish oqimida ish o’rinlarini joylashtirish va sex planini tuzish;
- tikuv sexida qo’shimcha assortimentni ishlab chiqarishni hisoblash.
Texnologik oqimni ishlab chiqish uchun dastlabki ma’lumotlarni yig’ish va taxlil qilish bosqichida quyidagi ishlar bajariladi:

  • ishlab chiqalayotgan ob’ektni tasnifi va oqimning ko’rsatkichlari bilan tanishish;

  • ishlab chiqarish sharoitlari bilan tanishish va ularni baxolash;

  • texnologik oqimni ishlab chiqish uchun kerakli qo’shimcha ma’lumotlarni yig’ish.

Tikuv sexini loyixalash uchun topshiriq o’z ichiga quyidagilarni oldi:
- oqimda ishlab chiqariladigan buyumni nomi;
- ishlab chiqarish oqimining quvvati yoki oqimdagi ishchilar soni;
- ko’p modelli oqim uchun modellarni ishlab chiqarish nisbati;
- oqim egallaydigan satx;
- tikiladigan buyum uchun texnologik operatsiyalar tartibi;
- texnologik jarayon grafi.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling