Milliy libos, kashtachilik, to’qimachilik


Osma konveyerlar, aravachalar turi va ularni qo’llash


Download 1.91 Mb.
bet32/71
Sana26.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1656450
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   71
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni loyixalash O\'quv uslubiy majmua 2021 2

Osma konveyerlar, aravachalar turi va ularni qo’llash.

Tikuv sexida uzatmasiz ishlaydigan transportyorlar ham keng qo’llaniladi. Ular statsionar (osma tratsporterlar va jarayonaro transport tekisliklar) va nostatsionar (aravachalar) bo’ladi.
Mexnat predmetlari qo’lda itarib ish joydan keyingi ish joyga uzatiladi. Uzatishni ishchilar o’zi (agar ish o’rni yonma-yon bo’lsa) yoki boshqa yordamchi ishchi tomonidan ( agar ish o’rinlari bir biridan ancha uzoqda joylashtirilgan bo’lsa) aravachalar orqali bajariladi.
Uzatmasiz osma transporterlar gravitatsiya printsipi asosida ishlaydi. Mexnat predmetlari monorelslar bo’yicha suriladigan qisqich- aravachalar yoki karetkalarda roliklar yordamida ish joydan keyingi ish joyga uzatiladi. Guruxlangan - agregat oqimlarda mexnat predmetlarini bir operatsiyadan keyingi operatsiyaga o’tkazish uchun turli xil: aravacha- konteyner, aravacha-javon, arvvacha - kranshteylardan foydalanish mumkin. Bundan tashqari harakatlanmaydigan uzatish vositalari: oraliq stollar, nishab stollar, javonlar qo’llaniladi.
Erkin ma’romli oqimlarda operatsiyalararo mexnat predmetlarini uzatish uchun eng istiqbolli tashish vositalari – bu EXM yordamida boshqariladigan va avtomatik adreslangan osma transport tizimlari.
EXM yordamida:

  • ish o’rinlariga mexnat predmetlari uzatish jarayoni boshqariladi;

  • mexnat predmetlarini ish o’rinlariga kelib tushishi va asosiy transporterga qayta qo’yilishi kuzatiladi, bu bilan har bir ishchini mexnat unumdorligi aniqlanadi;

  • ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilish imkoniyatini beradi.

Bunday transportyorlar quyidagilar bilan farq qiladi:

  • tashish vositasini konstruktsiyasi;

  • mexnat predmetlarini uzatish asosiy yo’nalish chizig’iga nisbatan ish o’rinlarini joylashtirilishi;

  • ish o’rinlarini oldida aravachalar to’plagichlarini mavjudligi va ularning konstruksiyasi;

  • aravachalar yuradigan yo’lini qisqartiradigan qo’shimcha monorelslarni mavjudligi.

Bunday tizimlar quyidagilarni ta’minlaydi:

  • ishchilarni mexnat unumdorligini oshishini;

  • ish o’rinlarini ixtiyoriy joylashtirish imkoniyatini;

  • ishlab chiqarishni madaniyatini ko’tarilishini;

  • buyumlarni sifatini yaxshilanishini;

  • bitmagan ish xajmini kamayishini.

Misol tariqasida quyidagi transportyorlarni keltirishimiz mumkin:
“Investronika” (Ispaniya) firmasining “Invesmove”, “Durkopp” (Germaniya) firmasining “Datatron”, “Gerber Garment Technology” (SShA) firmasining “Gerbermover”, “Eton” (Shvetsiya) firmasining “Eton System”, “INA Systems” (Kanada) firmasining “Inamax”, “Pfaff” (Germaniya) firmasining “Par Trans” “Stockrail Services Ltd” (Velikobritaniya) firmasining “Twin Rail” va boshqalar.
Avtomatlashtirishni rivojlanish bosqichidan biri robotlashtirishdir. Ishlab chiqarishni robotlashtirish mikroprotsessorli boshqarish qurilmalarini, ishlab chiqarish robotlarini va avtomatlashtirilgan tizimlarni qo’llashga aoslangan. Ularni qo’llash, ishchilar va nazoratchilar soni minimal bo’lgan, moslanuvchi ishlab chiqarish tizimlarini qurishga qaratilgan.
Moslanuvchi robotlashtirilgan ishlab chiqarishni yaratish, EXM yordamida boshqariladigan va ASU yordamida yagona ishlab chiqarish tizimiga birlashtirilgan, robotlashtirilgan texnologik komplekslarini transportlanuvchi robototexnik komplekslari majmuiga asoslangan.
Transportlanuvchi robototexnik komplekslariga quyidagilar kiradi:

  • ishlab chiqarish robotlari;

  • manipulyatorlar.

Ishlab chiqarish robotlari (IChR) turi bo’yicha universal, ixtisoslashtirilgan va maxsus bo’ladi, boshqarilishi va dastur bilan ta’minlanishi bo’yicha dastur bilan boshqariladigan va moslangan (soddalashtirilgan) bo’ladi.
Ishlab chiqarish robotlar osma va yerda joylashganlari bo’ladi. Osma IChR kichik masofaga uzatishda ishltiladi. Yerdagi IChR lar relsda yoki relssiz harakat qiladigan bo’lishi mumkin.
Robotlar DOO rejimida ishlaydi.
Ishlab chiqarish jarayoniga transport vositalarini tanlashda quyidagilarga e’tibor berish kerak:

  • ichlab chiqarish oqimini ixtisoslashtirilishiga, ya’ni assortiment va qo’llaniladigan gazlama hususiyatiga qarab tashish vositasini konstruksiyasi va mexnat predmetlarini ish joydan keyingi ish joyga uzatish usuli aniqlanadi;

  • ishlab chiqarish oqimining quvvatiga, ya’ni oqim sektsiyalarga bo’linishi mumkin va har bir sektsiyada mos keladigan transport vositasi tanlanadi;

  • tashkiliy operatsiyalarni karraligiga (karralik operatsiyalarda mexnat predmetlarini uzatish murakkablashadi);

  • sex yuzasi va uning konstruktsiyasi;

  • qo’llaniladigan asbob-uskunalarni o’lchamlari.

Hozirgi kunda ko’p kichik korxonalar mavjud bo’lib, ularda uzatmasiz transport vositalari keng qo’llanilmoqda. Ularning turlari va klassifikatsiyasi 35- rasmda keltirilgan.
Shunday qilib ishlab chiqarish oqimining tashkiliy- texnologik tuzilmasini va transport vositasini aniqlangandan so’ng keyingi bosqichga o’tishimiz mumkin.

Aravacha-javon СП-6-34 Aravacha-javon Т499-01-05 Aravacha-konteyner Т499-01-13





Aravacha-konteyner Aravacha-konteyner Aravacha-qisqich 6-25


ТР-2С 753.00.000 ТР-2С 718.00.000


  1. Download 1.91 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling