Milliy libos, kashtachilik, to’qimachilik


Download 1.91 Mb.
bet29/71
Sana26.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1656450
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   71
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni loyixalash O\'quv uslubiy majmua 2021 2

Nazorat savollari.

  1. Tashkiliy- texnologik sxemani taxlil qilish usullari.

  2. Moslik koeffitsientini xisoblash.

  3. Tartib grafigini tuzish.

  4. Moslik grafigini tuzish.

  5. Turli oqimlar uchun tashkiliy-texnologik sxemani tuzish.

  6. Tashkiliy- texnologik sxemani taxlil qilish usullari.



13-MA’RUZA.
Mavzu: ISHLAB CHIQARISH OQIMINI TASHKILIY-TEXNOLOGIK SXEMASINI ANALITIK VA GRAFIK TAHLIL QILISH, TIZIMINI ISHLAB CHIQISH. (2-soat)
Reja:

  1. Moslik koiffitsientini xisoblash va tahlil qilish.

  2. Mexnat predmetlarini uzatish uchun transport vositalarini tanlash.




  1. Moslik koiffitsientini xisoblash va tahlil qilish.

+15%τ



-5%τ


13.1 -rasm. Moslik grafigi
Moslik grafigi koordinatalar o’qida tuziladi.Absissa o’qi bo’ylab oqimning tashkiliy – texnologik operatsiyalar joylashtiriladi. Operatsiyaning tartib raqami, sarf vaqti va ishchilar soni absissa o’qi tagiga yozib qo’yiladi. Oqim ma’romining vaqti gorizontal chiziq bilan, unga nisbatan yo’l qo’yish mumkin bo’lgan (qat’iy ma’romli konveyerli oqimlar uchun -5%÷10%, erkin ma’romli oqimlar uchun -5%÷15%) farqli vaqtlar gorizontal punktirlar bilan tavsiflanadi. Ordinata o’qi bo’ylab tashkiliy operatsiyalarni vaqti muayyan masshtabda belgilanadi. Shu o’q bo’ylab operatsiyalarning bajarilish vaqtiga mos nuqtalar topiladi. Karralik operatsiyalarda ularning bajarilish vaqti o’rta hisobda olinadi. Ishlab chiqarish oqimiga modellar siklli tushirilgan bo’lsa, moslik grafigini tuzishda bitta buyumga o’rta hisobda to’g’ri keladigan vaqt olinadi.
Ishlab chiqarish oqimini taxlil qilishning yana bir yo’li – bu oqimdagi asbob-uskunalardan foydalanish darajasini aniqlash. Oqimda asbob-uskunalardan foydalanish koeffitsienti quyidagicha aniqlanadi:
Ka.f.=∑Tm/∑Tf
bu yerda:
∑Tm-mexanizatsiyalashgan ishlarni bajarishga sarflanadigan vaqt yig’indisi (texnologik operatsiyalar bo’yicha olinadi).
∑Tf- mexanizatsiyalashgan tashkiliy operatsiyalarni bajarishga ketadigan vaqt.
Ideal holatda Ka.f. 1ga teng bo’lishi kerak.
Ishlab chiqarish oqimining tashkiliy- texnologik sxemasida buyumga ishlov berishni texnologik tartibga qanchalik rioya qilinganligini tekshirish uchun texnologik tartib grafigi (31-rasm) tuziladi. Tartib grafigi ixtiyoriy masshtabda tuziladi. Grafikning chap tomonida hamma detallar nomi tashkiliy-texnologik sxemada ishlov berish tartibi asosida yoziladi. Ishlov berilayotgan modelni asosiy detaliga (ko’pincha old bo’lak asosiy detal hisoblanadi, chunki boshqa detallarning deyarli hammasi shu detalga biriktiriladi) 1- tartib raqam beriladi va “Detallar tartib raqami” ustuniga yoziladi. Qolgan detallar ularning texnologik sxemadagi tikilish tartibiga binoan yuqori tomonga qarab yozib chiqiladi.
Tartib grafigida tashkiliy operatsiyalarni kvadrat yoki doira shaklida tasvirlanib, ular ichiga tashkiliy operatsiyaning tartib raqami va uni bajaradigan ishchining ixtisosi yoziladi. Karrali operatsiyalarni ustma-ust chizilgan ikkita yoki undan ortiq kvadrat (doira) shaklida tasvirlanadi.
Karrali operatsiyalarda kvadratlar (doralar) soni, shu tashkiliy operatsiyani bajaradigan ishchilar soniga teng bo’ladi. Karrali operatsiyalar tasvirlangan kvadratlarning har biriga tashkiliy operatsiyani tartib raqami va ishchining ixtisosi bir xil yoziladi. Detallar tikish tartibiga asosan va asosiy qatorga tushadigan joyini ko’rsatadigan chiziqlar asosiy qatordan yuqorida tasvirlanib, ularga detallarning tartib raqami yoziladi va qaysi tashkiliy ish joyiga kelib tushishi til chiziqlar bilan ko’rsatib qo’yiladi. Detallarni bir operatsiyadan ikkinchisiga o’tishini ko’rsatadigan chiziqlar asosiy qatordan pastda tasvirlanib, detallar tartib raqami yoziladi va til chiziqlar qo’yiladi. Biron bir detal unga nisbatan asosiy detalga ulangandan keyin (masalan, ostki yoqa ustki yoqaga) ushbu detalning (ostki yoqani) tartib raqami va harakat yo’nalishi ko’rsatilmaydi.

13.2 -rasm.Tartib grafigi


  1. Download 1.91 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling