Milliy libos, kashtachilik, to’qimachilik
Download 1.83 Mb.
|
Texnologik jarayonlarni loyixalash O\'quv uslubiy majmua 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tasmali va aylanma trayektoriyali qurilmalar.
Nazorat savollari:
1. Tikuv buyumlarni ishlab chiqarish texnologik jarayonlari nima? 2. Ularni tuzish asosiy prinsiplari va klassifikatsiyasi nima? 6-MA’RUZA. Mavzu: TIKUV KORXONALARIDA OQIM TURLARINING TASNIFI. (2-soat) Reja: 1. Tasmali va aylanma trayektoriyali qurilmalar. 2. Ochiq egri chiziqli oqimlar. Tasmali va aylanma trayektoriyali qurilmalar. Tikuv buyumlari texnologik jarayonida konveyerli yoki konveyersiz , hamda agregat-guruxli va kam seriyali oqimlar qo’llaniladi. Konveyerli oqimlarda tikilayotgan buyum bir ish o’rnidan ikkinchisiga mexanikaviy transportyorlar yordamida, texnologik jarayonning qat’iy ishlash ma’romiga moslab o’tkazib turiladi. Konveyerli oqimlar ishini ta’minlab turadigan transportyor qurilmalarini konveyer qurilmalari yoki konveyerlar deb yuritish mumkin. Konveyerlar (transportyor qurilmalari) tasmali, zanjirli, osma va adresli bo’ladi. Qayd etilgan oqimlar turida ko’p uchraydigan transport vositalari bilan tanishib chiqamiz. Tasmali transport qurilmasi. Bularga tasmali transportyorlar, KZ va KM transportyorlari kiradi. Tasmali transporterlar, sanoatda tasmali konveyerlar deyiladi. Ular ishchilarga mexnat predmetlarini ma’lum bir ish ma’romini ta’minlab beradi. Ular metall asosdan, elektrodvigatelli stansiyadan, tortuvchi stansiya, tayanch g’ildiraklardan va vertikal yo’nalgan boshi berk tasmali transportyordan iborat (12 - rasm, a). Konveyerning tashish qurilmasi yuk ko’taradigan va yuk tortadigan qismlardan iborat. Uning eni yuklanayotgan mahsulotning katta-kichikligiga bog’liq (300 dan 1600 mm gacha). Transportyor tasmadagi mahsulot joylanadigan uyachalar yog’ochli to’siqlardan iborat bo’lib, ular mexnat qurollar joylashgan joylarni to’sib turadi. To’siqlar to’g’ridan to’g’ri tasmaga maxkamlanadi va mahsulot turiga qarab 0,4-0,7 metrni tashkil qiladi (12-rasm, b). 6.1 - rasm. Tasmali konveyerning harakatlanuvchi stantsiya (a), tashish qurilmasi (b). Seksiyali oqimda (tasmalidan tashqari) KZ va KMtransportyorlar ishlatiladi (6.1 - rasm, a). KZ tranportyori ikki zanjirli, vertikal berk, asosan tayyorlov seksiyasidagi yarimfabrikatlarni tashish uchun xizmat qiladi. Ushbu transportyorning ishchi qismi yirik detallar (old bo’lak, ort bo’lak, yeng) osiladigan kronshteyndan va mayda detallarni solinadigan kajavalardan iborat. 6.2- rasm. a – KZ konveyeri, b- KM konveyeri Palto tayyorlashda ish o’rinlarining qadami 304mm, kostyumlar uchun 228mm olinadi. Transportyorlarning o’rtacha tezligi Vo’r -0,112m\min. Elektrdvigatel quvvati - 0,27 kvt. Transportyor kengligi 400mm. KM transporteri (19- rasm,b) bir zanjirli vertikal berk, yig’uv seksiyasiga mo’ljallangan. Ushbu transportyorlarning ishchi qismi detallarini yuklaydigan kajavadan iborat. Palto tayyorlashda kajavaning qadami L-204 mm, kostyum uchun – 228 mm, shimlar uchun – 152 mm olinadi. Elektrodvigatel quvvati - 0,27 kvt, transportyor kengligi – 120 mm. K3va KM transportyorlari ish organlari qadamining kamayishi hisobiga operatsiyalararo buyum zaxirasi ko’paytiriladi va uzluksiz ishni tashkil qilish uchun sharoit yaratib beriladi. Xorijda yuqorida keltirilganlarga o’xshash transportyorlardan tashqari plastinkali transportyorlar ham qo’llaniladi. Bunda harakatlanuvchi ariqchalarga o’rnatilgan va operatsiyalar bajarilayotganda yechiladigan yelim quticha asosiy yuk tashuvchi element hisoblanadi. Qutichaga bir buyum detalining bitta komplektini, shunigdek buyum bog’lamini (3-5ta) joylash mumkin. Bu ayniqsa sintetik gazlamalardan tayyorlanadigan ayollar yengil ko’ylaklari, ichki kiyimlarini tashishga qulay. Transportyorlarning harakatlanish hususiyatiga qarab konveyerlar uzluksiz ishlaydigan yoki vaqti-vaqti bilan ishlaydigan bo’ladi. Vaqti-vaqti bilan ishlash rejimida transportyor tasmasi (yoki zanjiri) uya qadami kattaligida harakatlanadi. (harakat vaqti – const), keyin ma’lum vaqt oralig’ida harakatsiz bo’lib turadi. Osma transportyor qurilmalar. Bularga osma zanjirli va burama transportyorlar kiradi. (14 -rasm a,b). Osma zanjirli transportyor-yuritgich bilan ishlaydigan tortuvchi zanjirlar yordamida harakatlanadigan transportyordir. Bu konveyerlarda zanjir yuk ko’taradigan va yuk tortadigan vazifasini o’taydi. Uning uzunasi bo’ylab, bir xil oraliqda ilgaklari bo’lib, ularga tikiladigan buyumlar osiladi. Ilgaklarning shakli buyum turiga qarab har xil bo’lishi mumkin. Ular orasidagi masofa esa tasmali transportyordagi ish zonalari qadamiga teng bo’ladi. Bu konveyer 6 m/min o’zgarmas tezlik bilan harakatlanadi. 6.3- rasm. a- osma, b- burama transportyorlar. Osma zanjirli transportyorlarni ish joylariga har qanday yo’nalishda (bo’ylamasiga yoki ko’ndalangiga) olib kirish mumkin, qayt etilgan transportyorlarni yerdan 1,8 metr balandlikda gorizantal yoki vertikal tekislikda joylashtirish mumkin. Osma zanjirli transportyorlarda yarimfabrikatlarni to’g’ri chiziqli trayektoriya bo’ylab harakati cheklanmagan. Shuni aytib o’tish kerakki, ularni buyumlar harakati aylanma trayektoriyasini yaratish uchun qo’llash mumkin, lekin bunda agregat uzunligi 30-35 m dan oshmasligi kerak, chunki operatsiyani bajarishda buyum ishchiga vaqtida yetib kelishi kerak. Yarimfabrikatni harakat tezligi ikkala variantda ham 8-10m\min dan oshmasligi kerak. Elektrodvigatel quvvati 0,27 kvt, transportyorlarni minimal kengligi 0,5-0,6m. Burama osma transportyorlar pardozlash seksiyalarida ishlatiladi. Bunday konveyerlarda yarimfabrikatlar odatdagi kiyim ilgichlarda tashiladi. Uning burama valiklari diametri 30 mm po’lat trubalardan yasaladi. Trubalarning tashqi tomoniga diametri 5 mm sim o’raladi. O’ralish qadami 26 mm. Ikki chiziqli burama konveyerda harakatlanuvchi stansiya valiklari ularni bir-biriga ulaydigan zanjir yordamida aylantirib turiladi. Yarimfabrikatlarning to’g’ri chiziqli trayektoriyani yaratish uchun nafaqat yuritgichli transport qurilmalari, balki statsionar qurilmalar ham mavjud (qo’l yordamida harakatlanuvchi). Bularga har xil turdagi aravachalar, oraliq stollar, nishab stollar va x.k. lar kiradi. Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling