Milliy mafkuraning shakllanishi o 'zbek xalqining, ayniqsa
Download 1.14 Mb.
|
Etnologiya-darslik
IIBOB JAHONNING ETNIK QIYOFASI
(yangi o 'quv programmasi asosida) I. AVSTRALIYA VA OKEANIYA XALQLARI Beshinchi qifa hisoblanadigan Avstraliya Tinch okeanining janubida joylashgan oziga xos olkadir. Uning iqlimi ham, etnik tuzilishi ham yer kurrasining boshqa qismidan ancha farq qiladi. Tort tomoni bepoyon okean suvlari bilan yuvilib turgan Avstraliya qifasi 7,7 mln. kvadrat kilometr hududga ega bolib, taxminan AQSH hududiga teng keladi. Qifaning beshdan ikki qismi tropik iqlimli, qolgani subtropik va motadil issiq iqlimlidir. Ichki Avstraliya nihoyatda qurg’oq, yog’ingarchilik kam, iqlimi ozgaruvchan, dashtu biyobondan iborat. Uncha katta bolmagan daryolar uning sharqida mavjud, xolos. Pastqam tog’ tizmalari, asosan, janubi-sharqiy qismida joylashgan. Bir necha yuz katta-kichik kollar mavjud bolib, ular yozgi jaziramada qurib shorxokka aylanadi. Ammo olka yer osti suvlariga boy. Mahalliy aholi undan qadim zamonlardan beri foydalanib kelgan. Hozir ham bu qifada artezian quduqlaridan keng istifoda etiladi. Avstraliyaning osimlik va hayvonot dunyosi ham iqlimi singari xilma-xil. U yerdagi osimliklarning aksariyati (85 foizi) faqat oziga xos bolib, boshqa biron yerda uchramaydi. Ayniqsa, janubi-sharqida balandligi yuz metrgacha yetadigan evkalipt daraxtlari (150 turdan ortiq) qifaga gozal manzara kasb etib turadi. Abadiy yashil daraxtlar: palma, fikus va chirmovuq kabi osimliklarga boy tropik ormonlar qifaning shimol va shimoli-sharqiy qismida joylashgan. olkaning g’arbiy va ichki qismiga kirib borgan sari barcha osimlik dunyosi nihoyatda qashshoqlashgandek korinadi. Avstraliyaning hayvonot dunyosi ham ozining qadimiyligi va ekzotikasi bilan kishini hayratda qoldiradi. Bu yerda yuqori sutemizuvchilar mutlaqo bolmagan, ammo xaltali hayvonlarning yuzdan ortiq turi mavjud. Tuban sutemizuvchilarning mashhur vakili katta kenguru tug’ilgan bolasini qorin terisidagi maxsus xaltasida voyaga yetkazadi. Qifada kenguruning boshqa turlaridan daraxtga ; tirmashadigan koala (xaltali ayiq), vombata va hokazo turlari ham yashaydi. Sudraluvchilardan ilon, kaltakesak, shimoldagil daryolarda timsoh va boshqa kopgina shu kabi jonivorlar uchraydj. Qushlardan: yirik avstraliya strausi - emu, turli xil totiqushlar, qora oqqushlar, sayroqi qushlar va umuman mingga yaqin turdagi qushlar Avstraliya tabiatining oziga xos fayzidir. Shunisi qiziqki, Avstraliya flora va faunasidagi turlarning kop qismini mahalliy tub aholi iste'mol qilib kelgan. Ular faqat yirik hayvonlarnigina emas, balki mayda jonivorlarni (ilon, kaltakesak, chuvalchang kabi hasharotlar va hk.) hamda turli ekin ildizlarini yig’ib-terib iste'mol qilganlar. Avstraliyada inson hayoti uchun xavfli yirtqich hayvonlar yoq, zaharli ilon va timsohlar esa juda kam. Faqat yovvoyi it (dingo) uy hayvoni sifatida qolga orgatilgan. Qifada juda kop qazilma boyliklar mavjud bolib, undan tub aholi foydalana olmagan. Hozirgi Avstraliya millati qurama, turli elatlardan tashkil topgan. Qifada 15,7 mln.dan ortiq (1985-y.) aholi yashaydi, ammo u nihoyat notekis joylashgan. Aholining asosiy qismi Avstraliyaning sharqiy va janubi-sharqiy qismlarida, sug’oriladigan qulay iqlimli va osimlik dunyosiga boy bolgan janubi-g’arbiy hududlarda yashaydi. Avstraliya aholisining kopchiligi yevropalik, ayniqsa, Angliya va Irlandiyadan (78 foizi) kelganlarning avlodlari kopchilikni tashkil qiladi. Tub aholisi (aborigenlar) suvsiz cho'1 va sahrolarda kun ke-chirmoqda. Ularning soni 103 mingga yaqindir (metislar bilan qoshib hisoblaganda 140 mingdan ortadi). Umuman olganda, Avstraliya va Okeaniyada keyingi ma'lumotlarga qaraganda 25 mln.dan ortiq aholi mavjud. Shu jumladan, Yangi Zelandiyada 3,2 mln. aholi yashaydi. Okeaniyada joylashgan minglab orollar janubga yaqinlashgan sari yiriklashib va ancha quyuqlashib boradi. Avstraliyaning sharqida va shimoli-sharqida, aksincha, juda mayda orollar Tinch okeani bag’riga kirgan sayin kamayib boradi. Eng yirik orollar: Yangi Gvineya, Yangi Zellandiya, Yangi Kaledoniyadir. Mayda orollar esa asosan, vulqonlardan va marjonlardan paydo bolgan va ularning qifaga hech aloqasi yoq. Okeaniyaning barcha orollari deyarli tropik oralig’ida joylashgan bolib, iqlim ekvatorial, tabiati abadiy yashil tropik osimliklar bilan qoplangan, hayvonot dunyosi g’arbga tomon boyroq, sharqda esa ancha kam. Okeaniya asosan, uch qismga bolingan: janubi-g’arbiy qismda-gi «qora orollar» deb nom olgan Melaneziya; uning sharqiy va shimoli-g’arbidagi bepoyon Tinch okeanida tarqoq joylashgan Poli- 65 neziya (tarjimasi «ko'psonli orollar»); Osiyo sohillariga yaqin mayda orollardan iborat Mikroneziyadir. Agar tub aholisining sharoiti va madaniy saviyasi sotsial-iqtisodiy jihatdan umumiy xarakterga ega bolsa, Okeaniya xalqlari nisbatan yuqori darajada va nihoyatda rang-barang shaklda rivojlangan. Tillarning joylashuvi antropologik turlarga tog’ri kelmaydi. Ularning xojalik tiplariga qarab madaniy yoki sotsial rivojlanish darajasini aniqlash qiyin. Chunki, Osiyo yoki Yevropadagi ishlab chiqarish qurollari, moddiy buyumlar bu yerga mutlaqo tog’ri kelmaydi. Masalan, tub melaneziyaliklar oq-yoyni, temirchilikni yoki kulolchilikni bilmaganlar, ammo oziga xos yuksak madaniyat yaratganlar. Aytaylik, ijtimoiy munosabatlarda melane- . ziyaliklarda savdo-sotiq rivoj topgan bolsa ham, natural xojalikka ega bolgan polineziyaliklar ularga nisbatan ancha yuqori madani-yatga ega bolganlar. Umuman, beshinchi qifani organish insoniyat tarixining ilk davrlari - ibtidoiy jamiyatdan sinfiy jamiyatning ilk shakllariga-cha, dastlabki davlat va qabilaviy birliklargacha aniqlab olish imkonini yaratib bergan edi. Dunyodagi eng kichik qit'a yoki eng katta orol hisoblangan Avstraliya eng qadimiy geologik davrlarda qurg’oqlikdan ajralib qolib XIX asrgacha jonli qadimiy muzey shaklida saqlangan. Uning flora va ayniqsa, faunasining arxaikligi va oziga xosligi doimo tadqiqotchilarni hozirgacha hayajonga soladi. Avstraliya-da yuksak sutemizuvchilarning yoqligi, tuban sutemizuvchilar (xaltali hayvonlar)ning kopchiligi bu yerda ibtidoiy dunyo qayta jonlanganday taassurot tug’diradi. Mazkur tabiiy sharoit mahalliy tub aholining maishiy turmushi va madaniyatida ham oz aksini topganligini alohida qayd qilish lozim. Bepoyon Tinch okeani orollarida yashovchi minglab katta-kichik turli etnoslar kishilik jamiyatining dastlabki davrlarida kashf etilgan ajoyib ishlab chiqarish usullari, xojalik shakllari, murakkab geografik muhitga moslashganjiar xil kasblar, ovchilik mahorati, atrofdagi vahshiy tabiatda yashab va cheksiz dengizlarda yo'l topib uzoqlarga sayohat qilish, qurg’oq sahrodan suv topa bilish kabi juda kop yangiliklarni kashf etib, jahon madaniyatiga oziga yarasha hissa qoshganlar. Endi mana shu insoniyat beshigida paydo bolgan va bizning davrimizgacha kishilik jamiyatining bolaligidagi turmush tarzi belgilarini saqlab kelgan etnoslar bilan tanishamiz. 66 Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling