Milliy mafkuraning shakllanishi o 'zbek xalqining, ayniqsa


mahalliy hindilarog'irahvokta.HozirLotin Amerikasida 30mln.ga


Download 1.23 Mb.
bet30/39
Sana21.02.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1216978
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   39
Bog'liq
Etnologiya KITOB

mahalliy hindilarog'irahvokta.HozirLotin Amerikasida 30mln.ga yaqin hindOar yashaydi.
Mahalliy tub aholi o’tmishda yuksak madaniyat yaratib, faqat Lotin Amerikasigagina emas, baffci jahon madaniyatiga ham ulkan hissa qo’shganlar. Hindi qabflaiari birinchi bo’lib jahonga kartosh-ka, tomat, makka, maniokar paxta, kungaboqar, kakao va boshqa mubim ekinlarni kashf etganlar. Ular dastlab kauchuk shirasidan foydalanishT kurarezaharini ishlab diiqarish va tibbiyotda foydala-nishni o’rgatganlar, gamakni kasbf qilib jahonga yoyganlar. Go’zal qadimiy me'morchiKkT katta hashamatli shaharlar va dabdabali piramidalar, afsonaviy o’yma va bo’rtma rasmlar bilan bezatilgan ko’shku saroylar, tnrii sfaakJ va hajmdagi go’zal haykallar, rang-barang bo’yoqG idisii va buyumlar, tilladan quyilgan har xil haykallar hindilarni mo’jpzakor sanrat sohiblari ekanligidan dalolat beradi. Lotin Amerikasi hindilari yaratgan kuy va o’yinlar ham uzoq elat-larga tarqalib shnbrat qozongan. Bu yerda yevropaliklar kelgunga qadar flk sinfiy jamiyaU yuksak saiTat va hunarmandchilikka ega bolgan davlatlar paydo bolgan.
Mctaikam»g tab akriisL Tadqiqotchilarning flkricha, hozirgi Meksika hududiga odamlar 15-12 ming yillar muqaddam kela boshlagan. Ular Tinch okeansobiDari bo’ylab kelganlar, keyin ichki vodiylarni egaUaganlar. Dastlab Meksikada ovchilik, baliqchilik va terimchilik bilan shug’ullanuvchi mayda daydi qabilalar yashagan. Miloddan awalgi IV ming yilliklardan boshlab dehqonchilik yuzaga kdadi va birindri bo’lib makka, lobiyo va qovoq eka boshlaydilar. II mhig yillikka kebb dehqonchilik asosiy xo’jalik sohasiga aylanadi. o’sha davrdan boshlab Meksika hududida yuksak madaniyat yaratgan datlar yashaydi.
Miloddan awalgi I ming yillikning oxirlarida va milodning birinchi asrlarida bu yerda neolit darajasidagi almeklar va sapoteklarning dehqonchilik madaniyati shakllangan edi. Bu madaniyat Quyosh va Oyga atab qurilgan dabdabali piramidalar, devorlari rasmli ibodatxonlar va zodagonlarning saroylari, tosh to’shalgan ko’chalar loydan qurilgan uyli mavzelari bilan ajralib turadi. LHaming o’raiga kelgan ttrfteklar to XII asrlargacha tevarak-atrofdagi elatlarga o’z ta^sirini o’tkazib kelgan.
IX-X asrlarga kelib mazkur madaniyatlar asta-sekin inqirozga uchrab, Mexiko vodiysida yangi elatlar-tenochka yoki atstek qabilalari paydo bo’la boshlaydi. Ular XIV asr boshlarida shimoli-
246
g’arbiy hududlardan bostirib kirib qadimiy madaniyat markazlarini egallab o’z tillarini saqlab qolganlar. Atsteklar qudratli davlat birikmasiga asos solgan va eski madaniy an'analarni davom qildirganlar. Ular kuchli qo’shinga ega bo’lgan va qisqa muddat ichida qo’shni qabilalarni bo’ysundirib soliq to’lashga majbur qilgan.
Atsteklar o’ziga xos sug’orish va melioratsiya tizimiga asoslan-gan dehqonchilik xo’jaligini yaratganlar, lobiyo, pomidor, batata (shirin kartoshka), kakao, tamaki va paxta ekkanlar. Yer o’g’itlan-gan, yo’nilgan yog’och bilan ishlov berib ekilgan. Maxsus qamish-dan sol yasab, ustiga tuproq to’kib, suzadigan orolchalarda dehqon-chilik qilganlar. Paxta va agava tolasidan ip yigirib turli mato to’qi-ganlar. Uy hayvonlaridan it va kurka saqlaganlar. Bug’i, quyon, yovvoyi qushlarga o’q-yoy, nayza, tuzoq bilan ov qilganlar, ko'1 va daryolarda baliq tutganlar. Mis va toshdan bolta, nayza uchi va pichoqlar, naqsh berilgan charxsiz sopol idishlar, oltindan har xil bezaklar yasaganlar. Hunarmandchilik nihoyatda rivojlangan bo’lsa-da, ammo mehnat taqsimoti bo’lmagan. Zarur buyumlar oilalarda ishlab chiqarilgan.
Qudratli atsteklar davlatining poytaxti Tenochtitlan katta ko’lning o’rtasidagi orolda qurilgan va o’zining go’zalligi, ulug’vorligi va hashamatligi bilan ispan istilochilarini hayratda qoldirgan. Poytaxtni ko'l sohili bilan uchta 10 metr kenglikdagi Damba bog’lab turgan, ikkita maxsus tarnov orqali suv o’tkazilgan. Ko’l atrofida asosiy ekin dalalari joylashgan, qishloqlar ham dalalar bilan o’ralgan.
Atsteklarning uylari odatda qamishdan qurilib, devorlari loy bilan suvalgan, tomi somon bilan yopilgan. Boy tabaqalar uylarini xom-g’ishtdan tekis tomli va ichki hovlili qilib qurganlar. Poytaxtdagi ba'zi uylar ustunlarga tiklangan. Piramida shaklidagi ibodatxona va jamoa inshootlari toshdan dabdabali qilib qurilgan, haykallar va o’yma naqshli toshlar bilan bezatilgan. Qishloq jamoasi (kalpulli) umumiy yerga ega bo’lgan va bu yerlarni ayrim oilalarga taqsim qilganlar.
Erkaklarning kiyimlari etakli belbog’ va plashdan iborat, ayollar yubka, yengsiz uzun ko’ylak kiyganlar. Poyabzal teridan tikilgan yoki agavadan to’qilgan sandaldan iborat. Kiyimlari bezatilgan, bilak va burun uzuklar osganlar, badanni bo’yaganlar. Taomlari ham turli xilda har xil zira aralashtirib xushxo’r qilingan. Makkadan toshyorg’ich bilan un chiqarib taom pishirganlar. Atsteklar
shokoladni kashf etganlar. Ammo ular «chokolatl»ni ichimlik sifatida iste'mol qilganlar.
Atstek va boshqa qabilalar mustamlaka arafasida sinfiy jamiyatga o’ta boshlagan. Butun hokimiyat zodagonlar va kohinlar qo’lida bo’lgan. Davlat boshida 2 ta hokim saylanib qo’yilgan, muhim masalalarni qabila kengashi hal qilgan. Zodagon va kohinlarga ajratilgan yerlarni jamoa a'zolari ekib yig’ib-terib bergan. Qulchilik odat tusiga kirib, qullar asirlar va qarzdorlar hisobiga to’ldirilgan. Ularni ijtimoiy qurilishlarda, zodagon va oqsoqollar xo’jaligida ish-latganlar. Qul savdosi keng avj olgan. Bo’ysundirilgan qabilalar ham soliq to’laganlar. Savdo-sotiq ancha rivojlangan. Kakao urug’i va tilla qum solingan naycha pul vazifasini bajargan.
Ilk quldorlik tuzumiga mos keladigan atstek madaniyati shakllangan. Tolteklar mayya xalqidan yozuvni, yil hisobi va kalendarni, astronomiya va matematik bilimlarni qabul qilib olganlar. Din mustaqil sohaga ajralib, diniy masalalarni zodagon va kohinlar boshqarib turgan. Quyosh xudosi va ayniqsa, qabilaning urush xudosiga bag’ishlangan murakkab ibodatlar rusumi ishlab chiqilgan. Katta marosimlarda hatto odam qurbon qilingan. Bundan tashqari turli totemistik va sehrgarlik tasawurlar ham tarqalgan.
Rasmiy ma'lumotlarga ko’ra, hozir Meksikada yashovchi aholi 70 million kishini, shulardan hindilar taxminan 30 foizni tashkil qiladi, ya'ni nufuzi 20 mln.gacha yetadi. Markaziy vohalarda joylashgan bir vaqtlar qudratli xalq hisoblangan atsteklar bilan million 300 mingdan ortiq, janubroqda yashovchi mayya — 650 mingga yaqin, tog’ vodiylarida yuqori madaniyat yaratgan sapoteklar soni 450 mingga yetadi.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling