Milliy manaviy yangilanish,yuksalish,taraqqiyot omili
Talaba mustaqil ishining tashkiliy shakllari
Download 0.6 Mb.
|
Davlat univer-fayllar.org
Talaba mustaqil ishining tashkiliy shakllari
Talaba mustaqil ishini tashkil etishda muayyan fan (kurs)ning xususiyatlarini, shuningdek, har bir talabaning akademik o’zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalaniladi: - ayrim nazariy mavzularni o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil o’zlashtirish; - berilgan mavzu bo’yicha axborot (referat) tayyorlash; - seminar va amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rish; - laboratoriya ishlariga tayyorgarlik ko’rish; - hisob-grafik ishlarini bajarish; - kurs ishi loyihasini bajarish; - malakaviy bitiruv ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash; - nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llash; - amaliyotdagi mavjud muammolarning echimini topish; - ilmiy maqola, anjumanga ma’ruza tezislarini tayyorlash; - berilgan mavzu bo’yicha elektron variantlarni tayyorlash; - uy vazifalarini bajarish va boshqalar. O’qitilayotgan fanning xususiyatidan kelib chikib, talaba mustaqil ishini tashkil etishda boshqa shakllardan ham foydalanish mumkin. Ayrim nazariy mavzularni o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil o’zlashtirish Fanning xususiyati, talabalarning bilim darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi o’quv dasturiga kiritilgan alohida mavzular talabalarga mustaqil ravishda o’zlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va ochib berishga xizmat qiladigan tayanch iboralar, mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan savollarga e’tibor qaratish, asosiy adabiyotlar va axborot manbalarini ko’rsatish lozim. Topshiriqni bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda o’quv adabiyotlaridan, ilmiy adabiyotlardan va internet ma’lumotlaridan foydalanib ushbu mavzuga tayorlanib keladilar, tayanch iboralarning mohiyatini anglagan holda mavzuga taalluqli savollarga javob tayyorlaydilar. Zarur hollarda o’qituvchidan maslahat oladilar. Talabalarning tayyorlab kelgan mavzulari bo’yicha fan o’qituvchisi savol-javob tarzida og’zaki, yozma va boshqa usullardan foydalangan holda talabalarning bilimini baholaydi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling