Milliy manfaatlar ustuvorligining o`sib borishi


Download 30.45 Kb.
bet2/3
Sana04.04.2023
Hajmi30.45 Kb.
#1326237
1   2   3
Bog'liq
Karimboy Milliy manfaatlar ustuvorligining o

Birinchidan, bu voqelikning mohiyatini chuqurroq tahlil etsak, Oʻzbekistonning BMT Inson huquqlari kengashiga saylanishi va davlatimiz rahbarining yuqori darajadagi segment ishida ishtiroki — oxirgi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan “ortga qaytmas” oʻzgarishlar va yangilanishlarning jahon hamjamiyati tomonidan, nafaqat yuqori baholanishi, balki tan olinishining tasdigʻidir.
Ikkinchidan, Prezidentimiz nutqini yangi Oʻzbekistonning oʻziga xos “Inson huquqlarini himoya qilish doktrinasi” deb baholashimiz mumkin. Chunki nutqda insonning asosiy huquq va erkinliklarini taʼminlash Oʻzbekistondagi islohotlarda eng muhim oʻrinda turishi alohida qayd etildi.
Davlatimiz rahbari oʻz chiqishida ­Oʻzbekistonda inson huquqlari borasida aniq strategiya borligini koʻrsatib berdi. Yaʼni, har bir masala va muammoni tizimli yechish boʻyicha reja mavjudligi koʻrsatildi. Bunga bir misol sifatida, Prezidentimiz mandatga ega boʻlgan barcha vakillarning Oʻzbekistonga tashrif buyurishga taklif etdi. Bu Yurtboshimizning yuksak siyosiy irodasini yana bir bor namoyon qildi.
Davlat rahbari oʻz nutqida mamlakatimizning inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarga qatʼiy sodiq qolishini alohida taʼkidladi. Shu bilan bir vaqtda, bu sohada aynan Oʻzbekiston uchun ustuvor sanalgan vazifalarni aytib oʻtdi:
— gender siyosati masalalari borasida mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida va ishbilarmonlik sohasida ayollarning rolini tubdan oshirish;
— alohida ehtiyojga ega boʻlgan shaxslarning huquqlarini taʼminlash;
— aholimizning yarmidan koʻpini tashkil etadigan yoshlar huquqlarini himoya qilish;
— qiynoqlarning oldini olish boʻyicha milliy preventiv mexanizmni joriy etish;
— fuqarolik jamiyati institutlarini yana-da rivojlantirish, Oʻzbekistonda soʻz erkinligini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash.
Uchinchidan, inson huquqlari va erkinlarini himoya qilishda Oʻzbekiston xalqaro jarayonlarning bevosita ishtirokchisi sifatida maydonga chiqdi. “Yangi Oʻzbekiston”ni bunyod etish yoʻlida islohotchilik siyosatining boshlanishiga koʻp vaqt oʻtmaganiga qaramasdan
Download 30.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling