Milliy ofis xodimlariga imtiyozli shartlarda kreditga uy-joy va avtotransport vositalarini sotib olish uchun dastlabki badalni kiritish maqsadida Milliy ofisning


Download 21.91 Kb.
bet2/4
Sana16.03.2023
Hajmi21.91 Kb.
#1278767
1   2   3   4
Bog'liq
Низомга илова

3-bob. Qarzni berish tartibi

10. Qarz xodimlarga Milliy ofis Bosh direktori tomonidan imzolangan buyruq asosida beriladi.


Buyruq ilovasida ish beruvchining nomi, xodimning familiyasi, ismi va otasining ismi, lavozimi, sotib olinadigan uy-joyning manzili yoki avtotransport vositasining rusumi koʻrsatiladi.
11. Qarz miqdori sotib olinadigan uy-joy va avtotransport vositasi qiymatining 25 foizidan oshmasligi lozim.
12. Qarz shartnomasi ish beruvchi va xodim oʻrtasida tuziladi.
13. Qarz shartnomasi, qoida tariqasida, avtotransport vositasi boʻyicha 5 yil va uy-joy boʻyicha 10 yil muddatga tuziladi.
14. Komissiya tavsiyasiga koʻra, qarz shartnomasi kreditni qaytarish muddatidan kamroq boʻlgan muddatga yoki 1 yildan kam boʻlmagan muddatga tuzilishi mumkin.
15. Qarz xodimning ish beruvchi tomonidan ochilgan oylik ish haqi plastik kartasiga tushirib berish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Bunda, xodim qarz mablag‘ini to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov topshiriqnoma (kvitansiya)sini ish beruvchiga taqdim qilishi shart.
16. Ish beruvchi qarz shartnomasi tuzilgan kundan boshlab 3 kun muddatda mablagʻlarni xodimning ish beruvchi tomonidan ochilgan oylik ish haqi plastik kartasiga oʻtkazadi.
17. Qarz faqat xodimga uy-joy va avtotransport vositasini sotib olish yuzasidan rasmiylashtirilgan kreditning dastlabki badalini kiritish maqsadida shuningdek, istisno tariqasida, xodim va quruvchi tashkilot oʻrtasida boʻlib-boʻlib toʻlash asosida uy-joy sotib olish uchun tuzilgan shartnomaga muvofiq yangi uy-joy narxining teng yarmidan koʻproq qismi (3/2 qismi) toʻlab boʻlinganligi haqida asoslovchi maʼlumotlar taqdim etilgan taqdirda sotib olinadigan uy-joy umumiy qiymatining 25 foizidan oshmagan miqdorida toʻlab beriladi.
18. Qarz uchinchi shaxs kafilligi taqdim etilgan holda beriladi.
19. Kafillik shartnomasi Ish beruvchi va kafil oʻrtasida oddiy yozma shaklda tuziladi. Kafillik shartnomasini notarial tasdiqlash talab etiladi.
20. Ish beruvchi nomidan qarz va kafillik shartnomasini tuzish (imzolash) vakolati qonunchilikda belgilangan tartibda Milliy ofis Bosh direktori tomonidan amalga oshiriladi.
21. Ish beruvchi xodimga faqat bir turdagi qarz berishi mumkin hamda berilgan qarzlar va ularning qaytarilishi boʻyicha tushumlarning hisobi alohida boʻlmagan shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi.



Download 21.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling