Milliy tadqiqot universiteti buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti


Download 1.19 Mb.
bet8/14
Sana07.04.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1336595
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Biotexnologiya uslubiy 1 (2)

Gazlar yordamida sterillash. Turli oynali qurulmalar, optik va radioelektron qurilmalar, shu bilan bir qatorda termolabil plastmassadan yasalgan, masalan sentrifuga probirkalari gazlar yordamida sterillanadi. Gazlar yordamida sterillash uchun sporotsid ta’sirga ega bo’lgan gazlar aralashmasidan foydalaniladi.
Bularga: etilen oksidi, metilbromid, propilen oksidi, formaldegid, glutaraldegid, beta-propiolakton, ozon kabi moddalarni sanab o’tish mumkin. Gaz yordamida sterillash maxsus germetik idishlarda amalga oshiriladi. Sterillanadigan buyumlar maxsus kameraga xuddi avtoklavda yoki quritgichshkaflarida sterillanadigandek yopiq, o’ralgan holatda joylashtiriladi. Gazlar yordamida sterillash jarayonida ularning zaharlilik darajasini e’tiborga olgan holatda ishlash zarur.
Nurlar yordamida sterillash. Binolarni sterillashda, qurilmalar, bir qator tibbiyot inshoatlarini (opetartsion xonalar), oziq-ovqat mahsulotlarini sterillashda: infraqizil, ultrabinafsha, rengen nuri, α-, β-, γ- kabi radiaktiv elemantlar nurlaridan foydalaniladi. Ko’p hollarda mikrobiologiya amaliyotida ultrabinafsha nuridan foydalaniladi. Bu nurning ta’sir kuchi vaqtlarda o’lchanadi. UB-nurining turli mikroorganizmlar uchun (sporadan tashqari) ta’sir miqdori, 5 mkb/sm2 ni tashkil etadi.



2 – rasm. Ximik sterillash.


Muhitni sterillash. Har qanday muhitni (qo’llanilish doirasi va maqsadidan qat’iy nazar) toza idishga solib sterillanadi. Ko’pgina muhitlar tarkibiga qarab turli rejimda avtoklavlash bilan sterillanadi. Sterillashga mo’ljallangan muhitni uning avtoklavdagi idishning yarmigacha og’zini paxta tiqin bilan bekitiladi. Qopqoq qattiq bekitilmasligi kerak, aks holda sterillash paytida idish ichiga bug’ kiradi keyinchalik mikroorganizmlarning o’sish jarayonida esa ularning nafas olishi qiyinlashadi. Muhitning sterilligini nazorat qilish uchun sterillash jarayoni tugagandan keyin muhit 37°C haroratli termostatda 5 kecha-kunduz saqlanadi. Bu davrda suyuq muhitlar shaffof holatda turishi kerak, qattiq ozuqa muhitining ustida esa mikroorganizmlarning o’sish alomatlari sezilmasligi kerak. Sterillikni nazorat qilishdan tashqari, tayyor muhitlarning kimyoviy holati ham nazorat qilib boriladi. Buning uchun namuna sifatida olingan muhit zarrachasi tarkibida pH, umumiy va amin azoti hamda xloridlar miqdori aniqlanadi. Muhitlarni biologik nazorat qilish usuli ham bor. Buning uchun tekshirilayotgan muhitga o’sha ozuqa manbai uchun xos bo’lgan mikrobning laboratoriya ekmasi ekiladi va uning o’sishi kuzatib boriladi. Barcha tekshirishlardan muvaffaqiyatli o’tgan muhit foydalanish uchun yaroqli hisoblanadi. Har bir ozuqa muhiti quyidagi talablarga javob berishi kerak: mikroorganizmlarning ko’payishi va o’sishi zarur bo’lgan barcha moddalarga ega bo’lishi; namligi yetarli bo’lishi; muhitning reaksiyasiga mos kelishi (pH); sterillangan bo’lishi; mikrob hujayralariga izotonik bo’lishi, ma’lum oksidlash-qaytarilish potentsialiga ega bo’lishi lozim. Muhitlardagi asosiy komponentlari nisbati imkoni boricha muvofiqlashgan bo’lishi kerak: aminogruppa aminokislotalardan iborat azot yig’indisi hamda quyuq peptidlarning miqdori 0,8-1,2 g/ml, umumiy azot 2,5-3 g/m,l xloridlar (natriy hisobidan) - 0,5-0,8% bo’lishi kerak.
Bunday holatda barcha mikroorganizmlar vegetativ hujayralari va ularning sporalari nobud bo’ladi. Aniqlanishicha, ko’pgina mikroorganizmlarning sporalari harorati 121°С bo’lgan to’yingan bug’da 5 daqiqagacha chidaydi. Bunday sharoit mikroorganizmlarning hujayralari va sporalarini o’limiga olib keladi. Bosim va o’tuvchi bug’ yordamida sterillash avtoklavda amalga oshiriladi. Avtoklav yoqori bosimga chidamli, ikki qavat metall qobiq bilan o’ralgan va ichiga sterillanadigan narsalar qo’yiladi kamerasi mavjud bo’lgan maxsus qurilma hisoblanadi. Sterillangan narsalar uning ichiga juda zich qo’yilmasligi lozim, agar ularning orasidan bug’ o’tmasa, yetarlicha harorat hosil bo’lmasdan, narsalar sterillanmasdan qolishi mumkin. Sterilizatsiya tugagandan so’ng, avtoklav ichidagi bosim tashqi muhit bosimiga tenglashgandan so’ng ochilishi mumkin. Avtoklavning jumragini tez ochilishi uning ichidagi bosimning tez pasayishiga va yuqori harorat ta’sirida qaynab turgan ozuqa muhitlarining tiqinlarini otilishiga va sterillashning buzilishiga sabab bo’lishi mumkin. Avtoklavda ishlashga maxsus tayyorlangan kishilargagina ruxsat beriladi.
Ozuqa muhitini sterillashga tayyorlash 3-5 % li suyuqlikni avtoklavlashda bug’lanishni hisobga olgan holda, ozuqa muhitga taxminan 5% distillangan suv solish tavsiya etiladi. Shunda sterillanishdan so’ng, ozuqa suyuqligi talab qilingan kontsentratsiyada bo’ladi. Odatda ozuqa muhitlari probirkalar, kolbalar va boshqa shisha idishlarda sterillanadi. Ozuqa muhiti bu idishlarga uning tiqini ho’l bo’lib qolmasligi uchun yarmigacha solinadi. Ozuqa muhitlari solingan idishlar paxtadan tayyorlangan probkalar va uning istidan qog’oz qopqoq bilan yopiladi. Shisha, rezina boshqa materiallardan tayyorlangan probkalar ikki qavat o’rama qog’oz bilan o’raladi va og’zi yopiq idishga solingan holatda sterillanadi.

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling