Milliy tadqiqot universiteti buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti


Download 1.19 Mb.
bet4/14
Sana07.04.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1336595
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Biotexnologiya uslubiy 1 (2)

Mustaqil ish:

2 - laboratoriya mashg’uloti.
Mavzu: Hujayrada plazmoliz va deplazmolizni o’rganish. (2 soat)
https://www.youtube.com/watch?v=ljVyjVuEbzw
https://znanija.com/task/29707586
Ishning maqsadi. Hujayra protoplazmasi o’zi bilan aralashmaydigan suyuqlik ajratadi, bu suyuqlik hujayra shirasi deyiladi. Protoplazmadagi hujayra shirasi bilan to’lgan bo’shliqlar vakuollar deb ataladi. Hujayra shirasining suvga to’yinib taranglanishi – hujayraning turgor holati deyiladi. Turgor holatdagi ya’ni tarang bo’lib, turadigan hujayralar o’zaro bir-biriga zich yopishib, o’simlik organini elastik holatga keltiradi. Shu holat tufayli o’simlik poya, barg, gullari (tarang) turadi. Hujayra shirasining o’zidan suvini yo’qotgan holati plazmoliz hodisasi deyiladi. Bunda tsitoplazma qisqaradi va hujayra po’stidan ajralib o’rtaga to’planadi. Hujayra shirasi esa hujayra po’stiga yaqin joylashadi. Plazmolizda o’simlik organlari so’liydi. Plazmoliz holatidagi hujayra suvga botirilsa, unda turgor holati qayta tiklanadi. Bu esa deplazmoliz hodisasi deyiladi.
Turgor va plazmoliz hodisasi quyidagicha o’rganiladi. Spirogira suv o’tining bir necha ipini olib, buyum oynasidagi suv tomchisiga qo’yiladi. So’ngra unga mikroskopning katta qilib ko’rsatadigan ob’ektivi orqali qaralsa, uning turgor holatda ekanligi ko’rinadi. Shundan keyin qoplag’ich oynani biroz ko’tarib unga suvni o’ziga tortib oladigan eritmadan, masalan selitra eritmasidan bir nechta tomchi tomizilsa,plazmoliz hodisasining qanday ro’y berishini kuzatish mumkin. Bunda hujayra ichidagi moddalar asta sekin to’planib qoladi. Bu hodisa hujayra shirasining quyuqligi bilan bir xil bo’lguncha davom etadi. Plazmoliz holatdagi hujayrani toza suvga solib qo’yilsa, u yana turgor holatiga o’tadi. Hujayra shirasining hujayra po’stidan to’liq ajralib, o’rtaga to’planib qolishiga qavariq plazmoliz deyiladi. Deplazmoliz plazmolizlashgan hujayraga suv qayta shimilishi natijasida hujayralarning dastlabki (turg’or) holatga qaytishidir. Turgor-hujayra qobig’ining taranglik holati. Bu hujayra ichidagi suyuqlikning va tashqi eritmaning osmotik bosimi hamda hujayra qobig’ining elastikligi tufayli ro’y beradi. Turgor tufayli o’simlik to’qimalari tarang va mustahkam bo’ladi. Avtolizning hamma jarayonlari, o’simlikning so’lishi va qarishi turgorning pasayishi tufayli sodir bo’ladi. O’simlik hujayrasidagi plazmoliz hodisasini o’rganish uchun asosan ob’ekt sifatida qizil piyoz epidermisi ishlatiladi, chunki, hujayrani maxsus bo’yoqlar yordamida bo’yash talab qilinmaydi. Bunda hujayra va uning plazmolizi mikroskop ostida qaralganda juda yaxshi ko’rinadi. Hujayraga ta’sir etuvchi eritma sifatida K2S yoki Na2S va saxarozaning bir normal eritmasidan foydalaniladi.

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling