Milliy tadqiqot universiteti buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti


Download 1.19 Mb.
bet3/14
Sana07.04.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1336595
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Biotexnologiya uslubiy 1 (2)

Ishning maqsadi. Hujayralarning shaklini, tuzilishini, piyoz po’sti va paxta tolasi hujayralari misolida o’rganish. Sitoplazma organoidlari haqida umumiy tushuncha berish. Plastidalarning tuzilishini, ularning vazifalarini yo’sin bargi va qalampir mevasi misolida o’rgatish.
Kerakli jihoz va materiallar. mikroskop, piyoz, buyum va qoplag’ich oynalar, chyotka, suv, nina, lantset, pintset, yod, paxta tolasi, yo’sin bargi va qalampir mevasi.

1- rasm. Hujayra tuzilishi.
PIYOZ PO’STIDAGI PARENXIMATIK HUJAYRALARNI O’RGANISH.
ISH TARTIBI: Piyozning seret qobig’ini ajratib, uning orasidagi yupqa pardasidan bir bo’lak olib buyum oynasidagi suv tomchisiga qo’yiladi, so’ngra nina bilan to’g’rilab ustiga qoplag’ich oyna yopiladi. Shu usulda tayyorlangan preparatni mikroskop stolchasiga qo’yib, kichik qilib ko’rsatadigan ob’ektivi orqali qaraganda, piyoz po’stining parenximasi yonma-yon joylashgan, cho’ziq rangsiz hujayralaridan iborat ekanligi ko’rinadi. Preparatga mikroskopning katta qilib ko’rsatadigan ob’ektivi orqali qaralganda esa uning juda yupqa po’st bilan qoplanganligi va ichida vakuola, tsitoplazma, yadro borligini ko’ramiz. Yadro hujayra o’rtasida yoki po’stga yaqin o’rnashgan bo’ladi. Piyoz po’stidan tayyorlangan preparatga yod tomizilsa tsitoplazmasi va yadrosi sarg’ish rangga kiradi.
PAXTA TOLASI PROZENXIMA HUJAYRASINING TARKIBINI ANIQLASH.
ISH TARTIBI: Paxtaning bir necha tolasini olib, buyum oynasidagi suv
tomchisiga qo’yiladi. So’ngra nina uchi bilan to’g’rilab ustiga qoplag’ich oyna yopiladi. Tayyorlangan preparat eng avval mikroskopning kichik ob’ektivi orqali ko’rib tekshiriladi. Mikroskopning kichik ob’ektivida har bir tola rangsiz po’st va o’lik prozenxima hujayra shaklida ko’rinadi. Bu hujayraning ayrim joylarida protoplastning o’lik qoldiqlari uchraydi. Elektron mikroskopda, hujayraning tarkibini, uning bir qancha organoidlardan tuzilganligini ko’rish mumkin. Jumladan hujayra po’sti, tsitoplazma, yadro, plastidalar mitoxondriya, (xondrisoma), Goldji apparati, endoplazmatik to’r, ribosoma va shunga o’xshash submikroskopik organlar ko’rinadi. Bulardan tashqari hujayra protoplastidagi moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’lgan mahsulot- vakuola, oziqli ergastik va biologik aktiv moddalar (vitamin, ferment, garmonlar) ham bo’ladi.

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling