O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti”
MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETI
gIdrotexnik inshootlar va MUHANDISLIK KONSTRUKsiyalari kafedrasi
INJENERLIK KONSTRUKSIYALARI
FANIDAN
Mavzu: Konsolli temir beton suv tashlagich inshootini loyihalash
BAJARDI: 2/08__ -guruh talabasi
Abdimalikov N________________________
QABUL QILDI:
_Qurbonov SH___________________________
TOSHKENT-2023 y.
1. TEMIR-BETON SUV TASHLAGICH ELEMENTLARINI TAYYORLASH UCHUN QO‘LLANILADIGAN ASOSIY MATERIALLAR.
Gidrotexnika inshootlarini loyihalashda, ushbu inshootlar uchun asosiy qurilish materiallini to‘g‘ri va har tomonlama asoslab tanlash katta ahamiyatga ega. Inshootni loyihalashda asosiy qurilish materiallari «Qurilish me’yorlari va qoidalari» da ko‘rsatilgan talablar asosida qabul qilinadi.
Materiallarni tanlashda gidrotexnika inshootlarining ishonchlilik sinflari (foydalanish muddati va inshootning qiymati) hamda ishlash sharoitlari ham hisobga olinadi.
Shularga asoslanib temir-beton suv tashlagichni asosiy elementlarini tayyorlashda asosan B12,5; B15; B20 hamda B25 sinfdagi og‘ir betonlardan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda betonning suv o‘tkazmaslik bo‘yicha markalari W4, W6 va muzlashga bardoshliligi bo‘yicha markasi esa, F50…F150 bo‘lishi kerak. Temir-beton suv tashlagichni asosiy elementlari payvandlab tayyorlangan metall to‘rlar va armatura karkaslari bilan armaturalanadi.
Metall to‘rlar tayyorlash uchun Br-1 sinfdagi, diametri 3…5 mm (sovuqlayin cho‘zilgan davriy profilli) po‘lat simlar tavsiya etiladi.
Armatura karkaslar tuzish uchun ishchi armaturalar sifatida A-III sinfdagi issiq holda prokatlangan, davriy profili armaturalar hamda montaj va ko‘ndalang armaturalar sifatida esa A-1 sinfdagi issiq holda prokatlangan silliq po‘lat sterjenlar qabul qilinadi.
Yuqoridagi materiallarning ba’zi tasniflari quyidagi jadvallarda keltirilgan (1.1-jadval va 1.2-jadval):
Do'stlaringiz bilan baham: |